Videokarta
– kompyuter xotirasida saqlanayotgan
tasvirlarni monitorda tasvirlashga moslashtiruvchi
qurilma.
Tarmoq kartasi
– Ethernet texnologiyasi asosida lokal
kompyuter tarmog‘iga ulanishni ta’minlovchi qurilma.
Ovoz kartasi
Videokarta
Tarmoq kartasi
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Kompyuter konfiguratsiyasi
–
kompyuterga o‘rnatilgan
qurilmalar ko‘rsatkichlari.
Kompyuter yaxlit bitta qurilmadan emas, balki bir
nechta turli xil tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Desktop (stol usti) kompyuterlarida qurilmalar tizimli
plataga biriktirilmaganligi sababli, istalgan vaqtda birorta
qurilmani boshqa yangi qurilma bilan almashtirish
18
I BOB.
AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI
Oddiy
foydalanuvchi
Grafik dizayner
Tizim bloki
korpusi
Tizimli
plata
Protsessor
TXQ
ASQ
Qo‘shimcha
qurilmalar
4 GB
500 GB
yoki
32 GB
500GB
+
8 TB
mumkin. Demak, bunda foydalanuvchi o‘z ish faoliyatidan kelib chiqib, kompyuter
imkoniyatlarini o‘zi belgilashi mumkin ekan.
Kompyuter foydalanuvchilari kompyuterda bajargan ishlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga
ajratiladi:
•
oddiy foydalanuvchi
– brauzerda turli veb-sahifalarni k‘orib chiqadi, elektron
pochtadan foydalanadi, musiqa tinglab, videokliplar tomosha qiladi;
•
ilg‘or foydalanuvchi
– brauzerda turli veb-sahifalarni k‘orib chiqadi, elektron pochtadan
foydalanadi, matn muharrirlari, elektron jadvallardan faol foydalanadi, o‘z faoliyatida soddaroq
grafik muharrirlarni qo‘llaydi, flash-texnologiyalar asosida yaratilgan oddiy o‘yinlarni o‘ynaydi,
musiqa, video va ko‘p rejimli tizimda ishlaydi;
•
professional foydalanuvchi/geymer, grafik dizayner, dasturchi
– katta resurs talab
qiluvchi o‘yinlar, multimedia, yuqori imkoniyatli video, grafik dizayn tahrirlovchilari bilan
ishlaydi, 3D loyihalash va keng ko‘p vazifalilik rejimida ish olib boradi, dasturlar tuzadi.
Oddiy foydalanuvchi grafik dizaynerlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsa, u yangi kompyuter sotib
olishi shart emas, balki ichki qurilmalar imkoniyatini kengaytirishning o‘zi kifoya.
|