I BOB.
AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI
1-dars. KOMPYUTERNING RIVOJLANISH TARIXI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Hisoblash texnikasi
– axborotni qayta
ishlash va hisoblashga mo‘ljallangan usul va
vositalar majmui.
Hisoblash vositalari
– arifmetik hisoblarni
bajaruvchi qurilmalar.
Mexanik mashinalar
– mexanik ravishda,
qo‘l kuchi yordamida harakatga keltiriladigan
mashinalar.
Elektromexanik mashinalar
– ishga
tushirish va natija olish elektron hamda
mexanik ravishda amalga oshiriladigan
mashinalar.
Elektron hisoblash mashinalari
–
ma’lumotlarni kiritish, hisoblash va natija
chiqarish amallarining barchasini elektr
energiyasi asosida amalga oshiradigan
mashinalar
HISOBLASH TEXNIKASI RIVOJLANISH TARIXI DAVRLARI
Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davrda
inson o‘z tana a’zolari,
xususan, barmoqlaridan foydalangan. Ikki yoki undan ortiq raqamli
sonlar bilan ishlash muammolarini bartaraf etish maqsadida,
qadimda sun’iy hisoblash vositalarini yaratish ehtiyoji tug‘ilgan.
Sun’iy hisoblash vositalarining dastlabki ko‘rinishi bu – miloddan
avvalgi VI–V asrlarda paydo bo‘lgan hisob taxtasidir.
Miloddan avvalgi V–IV asrlarga kelib, odamlar qadimgi Yunoniston
va Rimda hisob taxtasining takomillashgan ko‘rinishi –
abak
lardan
foydalana boshlagan. Yaponlar
serobyan
, xitoyliklar
suan-pan
,
ruslar esa
cho‘t
lardan foydalanishgan.
Mexanik mashinalar davri.
Birinchi mexanik mashina 1623-yilda
nemis matematigi Vilgelm Shikkard tomonidan yaratilgan bo‘lib, u
to‘rtta matematik amalni bajarishga mo‘ljallangan edi.
barmoqlar
Abak
Shikkard mashinasi
Bugungi kunda barcha sohada raqamli
texnologiya, xususan, kompyuterdan keng
foydalanilmoqda. Kompyuter bugungi kun
ko‘rinishiga yetib kelgunga qadar qanday
bosqichlarni boshidan kechirgan bo‘lishi
mumkin?
Kompyuter inglizcha “hisoblovchi”
ma’nosini anglatsa-da, bugungi kunda
nafaqat hisoblash ishlarida, balki
turli ko‘rinishdagi axborotlarni qayta
ishlashda ham keng qo‘llanilmoqda.
Tarixdan ma’lumki, insonlar hisob ishlarini
yengillashtirish maqsadida hisoblash
texnikasiga katta ehtiyoj sezgan. Shu
ehtiyojlar hamda hisoblash texnikasining
takomillashib borishi kompyuter
texnikasining yaratilishiga olib kelgan.
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi haqida
nimalarni bilasiz?
5
1642-yilga kelib fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal
tomonidan Paskalina hisoblash mashinasi yaratildi.
Elektromexanik mashinalar davri.
1822-yilda ingliz matematigi
Charlz Bebbij tomonidan bug‘ orqali dastur asosida boshqariluvchi
va natijalarni chop eta oluvchi hisoblash mashinasi yaratildi.
Mashina arifmetik, boshqarish, xotira, kiritish va chiqarish
qurilmalaridan iborat bo‘lgan. Uning ishlash prinsipi bugungi
kun qurilmalarida ham qo‘llanilib kelmoqda. 1846-yilda esa Ada
Lavleys Bebbij mashinasi uchun dastur yozadi, shu boisdan u
jahondagi birinchi dasturchi bo‘lib hisoblanadi.
Elektron hisoblash mashinalari davri.
AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Uilyam Mokli
va Jon Prosper Ekkert 1946-yilda ENIAC (Electronic Numerical Integrator And Calculator)
nomli elektron hisoblash mashinasini yaratishdi. Mashina 18 000 ta elektron lampadan
iborat bo‘lib, 70 tonnaga yaqin vaznga ega bo‘lgan hamda 120 kvadrat metr sathni egallagan.
Elektron hisoblash mashinalarida qo‘llaniladigan asosiy elementlar takomillashib, o‘zgarib
borishi natijasida bu davrning o‘zi ham bir necha avlodlarga bo‘linadi.
Yillar:
1946–1955.
Asosiy elementi:
elektron lampa.
Amal bajarish tezligi (1 sekundda):
10–20
mingta.
Kiritish-chiqarish qurilmasi:
boshqaruv pulti,
perfokarta.
Qo‘shilgan dasturiy ta’minot:
mashina tili,
dasturlash tili.
EHM nomi:
ENIAC, MESM, MINSK-1, URAL.
Paskalina
To‘g‘ri burchakli logarifmik
chizg‘ich
Elektron lampa
ENIAC
EHM 1-avlodi
Yillar:
1956–1965.
Asosiy elementi:
tranzistor.
Amal bajarish tezligi (1 sekundda):
100–500
mingta.
Kiritish-chiqarish qurilmasi:
perfolenta,
magnitli baraban.
Qo‘shilgan dasturiy ta’minot:
dispetcher va
paket tizimi.
EHM nomi:
IBM 707, BESM-6, MINSK-22.
BESM-6
EHM 2-avlodi
Tranzistorlar
|