Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153
10-sinf informatika ..

MA’LUMOTLARNI SARALASH
Berilgan jadvaldagi ma’lumotlarni qandaydir shartlar asosida saralab, yangi jadval yaratish 
“Главная” – “Фильтр” buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi.
Filtr
– berilgan shartga javob beruvchi ma’lumotlardan tashkil topgan jadvalni ifodalash 
imkoniyatini beruvchi buyruq. 


59
59
Filtrni joylashtirish “Данные” – “Фильтр” buyruqlari yordamida ham amalga oshiriladi. Filtr 
buyrug‘i tanlangach, Excel jadvalining har bir ustuni sarlavhasi o‘ng qismida belgisi hosil 
bo‘ladi. 
Saralash amali bajarilganda, tartiblash amali kabi satrlarning joylashuvi o‘zgarmaydi, faqat 
saralash shartlarini qanoatlantirmagan satrlar vaqtinchalik ko‘rinmay qoladi. Saralashdan 
keyin hosil qilingan jadvalni formatlash, tahrirlash va chop etish mumkin. 
Matnli va sonli ma’lumotlarn saralash uchun bir necha shartlar mavjud: aniq qiymat asosida 
filtrlash; aniq qiymatga ega ma’lumotlarni ajratib olish. Deylik, sinf o‘quvchilari bir necha 
turdagi sport to‘garaklariga qatnashadi. Ular orasidan futbol to‘garagiga qatnashuvchi 
o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish lozim.
Bajarish tartibi:
1) filtlash buyrug‘ini “Sport to‘garagi” deb nomlangan katakka 
joylashtiring. Filtr buyrug‘ini tanlang. Katakning o‘ng qismida 
belgisi paydo bo‘ladi; 
2) ochilgan ro‘yxatdan “Выделить все” katakchasidagi belgini olib 
tashlang;
3) “Futbol” katakchasini belgilang.
“BIR NECHA SHARTLAR” ASOSIDA FILTRLASH
Filtrlashda murakkab shartlarni amalga oshirish 
uchun “Пользовательский автофильтр” oynasidan 
foydalaniladi. Oyna “начинается с..., заканчивается 
на..., содержит..., не содержит...” matnli filtrlardan, 
shuningdek, “первые 10…” va “выше (ниже) 
среднего”dan boshqa deyarli barcha sonli filtrlardan 
foydalanilganda hosil bo‘ladi.
Deylik, kitoblari soni 10 tadan ko‘p va 20 tadan kam 
bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish lozim.
Bajarish tartibi: 
1) jadvalni hosil qilish. Xohishga ko‘ra, unga sinfdoshlar 
haqida ma’lumot kiritish ham mumkin;
2) filtlash buyrug‘ini “Uyidagi kitoblar soni” deb nomlangan 
katakka joylashtirish. Filtr buyrug‘ini tanlash. Katakning 
o‘ng qismida belgisi paydo bo‘ladi. Ushbu belgi 
tanlanganda, ro‘yxat paydo bo‘ladi;


60

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin