Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   153
10-sinf informatika ..

Silindrsimon panorama
– 360 gradusli gorizontal qoplamali panoramali 
fotosurat. Bunday panoramaning vertikal ko‘rish burchagi cheklangan. 
Silindrsimon panorama sferik panoramaning qismi bo‘lib, uning yuqori va 
pastki qismlari mavjud emas.
3D panorama maxsus (360 gradusda suratga oluvchi) kamera yordamida yaratilgan ikkita 
kadrdan yoki ko‘rish burchagi kichikroq fotokamera yordamida suratga olingan tasvirlardan 
iborat bo‘lishi mumkin.
3D panorama maxsus kameralari
Panoramali fotokamera
3D panoramani yaratish 4 bosqichda amalga oshiriladi: 
1)
 
suratga olish.
Bitta panoramani yaratish uchun fotokameraning turli burchaklaridan 
qator kadrlar olinadi;


106
106
106
106
IV BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
3D panoramaning 2 ta asosiy xususiyati mavjud: 
1) interfaollik.
Bunda an’anaviy rasm yoki videolardan 
farqli o‘laroq, 3D panoramani ko‘rishda foydalanuvchi 
faol tomoshabin bo‘ladi, ya’ni u tasvirning faqat o‘zi 
uchun qiziqarli qismini ko‘ra oladi. Agar xohlasa, 
atrofga, yuqoriga yoki pastga qarashi, shuningdek, 
tasvir tafsilotlarini kattalashtirishi yoki kichraytirishi 
mumkin;
2) axborotlilik 
atrofni o‘ziga qulay holatda batafsil ko‘rish imkoniyati bilan tavsiflanadi.
PTGui
(ingl. 
Graphical User Interface for Panorama Tools
) dasturi. 
Dastur yordamida sferik 360°×180° o‘lchamdagi panoramalarni 
yaratish mumkin. PTGui dastirida yaratilgan interfaol panoramalarni 
kompyuterda ko‘rish hamda veb-sahifalarga joylashtirish mumkin.
Hugin dasturi
3D panoramalarni choklash uchun bepul dastur hisoblanadi. 
Dastur Panorama Toolsning ochiq kodli manbayiga asoslangan holda 
ishlab chiqilgan.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin