Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   153
10-sinf informatika ..

ESLAB QOLING


168
168
168
168
V BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
UYGA VAZIFA
1. Amaliy mashg‘ulotda yaratilgan sprayt rangini o‘zgartiring.
2. Amaliy mashg‘ulotda yaratilgan sprayt joylashuvini fonga mos tarzda mashina yo‘liga 
moslang.
3. Google Chrome oflayn rejimidagi Dinosaur T-Rex o‘yini fonini qidirish tizimi orqali 
toping va o‘z loyihangizga joylashtiring.
4. Loyihangizda sprayt yarating va uni o‘yin maydonining pastki chap burchagiga 
joylashtiring.
1. O‘yin dasturlarini yorqin ko‘rinishga qanday keltirish mumkin?
2. O‘yin oynasi foniga rasm qo‘yish mumkinmi?
3. Qahramonlar qay tarzda yaratiladi?
4. O‘yin oynasi foniga rasm qo‘yish qanday amalga oshiriladi?
 SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
48-dars. QAHRAMONLARNI HARAKATLANTIRISH
O‘yin dasturlarini yaratishda muhim jarayonlardan biri bu – qahramonlarni harakatlantirishdir. 
Agar o‘yin dasturlarida qahramonlar yaratilganidan so‘ng, ularda qandaydir harakatlar 
kuzatilmasa, dastur o‘yin emas, oddiygina rasmlar to‘plami bo‘lib qoladi. Mavzu yordamida 
o‘yin qahramonlarini harakatlantirish va o‘yin dasturini yanada takomillashtirish ko‘nikmalari 
egallanadi.
Bundan avval spraytni yaratish jarayonida uning ko‘rinishiga faqat rang berish va 
boshlang‘ich joylashuvini belgilashgina ko‘rsatilgan edi. Shuningdek, spaytning ko‘rinishiga 
rangdan tashqari rasmlar qo‘yish imkoniyati ham mavjud.
Dastlab turli rangdagi to‘rtburchak shaklli spraytlardan o‘yin dasturlarini yaratishning ilk 
bosqichida o‘yinning ishlayotganiga ishonch hosil qilish maqsadida foydalanish mumkin. 
Keyinchalik esa sparytlarga turli qahramonlar (multqahramon, mashina, uchar kema va b.) 
ko‘rinishini berish istagi paydo bo‘ladi.
Buning uchun qidiruv tizimi orqali kerakli sprayt 
ko‘rinishini topish kerak. Agar ijodiy qobiliyat va grafik 
dasturlardan to‘liq foydalanish imkoniyati mavjud 
bo‘lsa, shaxsiy qahramon ko‘rinishini grafik dasturlarda 
ham yaratish mumkin.
Keyingi bosqichda dastur kodi saqlanayotgan 
katalogda grafik fayllarni saqlovchi “img” papkasini 
yaratib, unga spraytlarning grafik fayllarini joylashtirish zarur.


169
169
169
169
Dastur kodi grafik fayllardan foydalanishi uchun, ular joylashgan katalogni dastur kodiga 
bog‘lash va kerakli faylni o‘zgaruvchiga biriktirish lozim. O‘yin kodi saqlanayotgan papkani 
aniqlash uchun maxsus __file__ o‘zgaruvchisidan foydalaniladi.
Grafik fayldagi spraytlardan foydalanish uchun PyGame kutubxonasiga ularni yuklab olish 
kerak. Buning uchun Pythonning “os” kutubxonasidan foydalaniladi. “os” kutubxonasi orqali 
rasmlar katalogi manzilini aniqlash, ularni dasturga qo‘shish va yuklash mumkin. Buning 
uchun quyidagi jadvalda keltirilgan buyruqlardan foydalaniladi.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin