Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


MediaHuman Audio Converter



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153
10-sinf informatika ..

MediaHuman Audio Converter
– audiofayllarni konvertatsiya qilish imkonini 
beruvchi maxsus dastur. U juda sodda interfeysga ega, uni tushunish 
ham oson. Uni ishlatish uchun fayllarni yuklash, kerakli formatni tanlash 
va tugmachani bosish yetarli. Unda bir vaqtning o‘zida ko‘plab fayllarni 
konvertatsiya qilish imkoniyati mavjud.
Videokonvertor
– videoning sifati yoki formatini o‘zgartiruvchi dastur. Videofayllarni nafaqat 
MP4, AVI, MKV, MOV kabi mashhur formatlar orqali o‘zgartirish, balki formatni o‘zgarishsiz 
qoldirgan holda videoning sifatini ham o‘zgartirish imkoniyat mavjud. Masalan, 1080p sifatli 
asl video diskda ko‘p joyni egallasa, formatni o‘zgartirmagan holda asl videoning sifatini 
pasaytirish mumkin, deylik, 720 yoki 360 gacha. Videofayllarni videmuharrir yoki maxsus 
konvertor dasturlarida konvertatsiya qilish imkoniyati mavjud. 
Movavi Video Editor Video Suite
– raqamli video bilan ishlash uchun to‘liq 
utilitlar to‘plami. Bunday dasturlar foydalanishda qulayligi, professional 
vositalar to‘plamining aniq interfeysi bilan farq qiladi. Videoni yuqori aniqlikda 
olish, keraksiz bo‘laklarni olib tashlash, rang va o‘lchamlarni sozlash, tasvir, 
musiqa, effektlarni qo‘shish, videoni istalgan formatga konvertatsiya qilish 
imkoniyati mavjud. 
Any Video Converter
– videoni MP4, AVI, MKV va boshqa formatlarga 
aylantirish uchun bepul dastur. Barcha mashhur formatlar bilan ishlay oladi. 
Bir formatdan ikkinchisiga tez o‘tkazadi. Asosiy maqsadga qo‘shimcha 
ravishda, dastur YouTubedan kliplarni yuklab olishi, videodan kadrlar yasashi 
mumkin.
Konvertor dasturlari sinfiga kiruvchi va amaliyotda ko‘p qo‘llaniluvchi tur bu – 
matn 
konvertorlaridir.
Ko‘p hollarda foydalaniladigan matn hujjatlari bilan ishlovchi dasurlar faqat matnli fayllarning 
cheklangan turlari bilan ishlaydi va hujjatlarni boshqa formatlarda saqlash imkoniyatini 
taqdim eta olmaydi. Bunday holat matn konvertori dasturlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlaydi. 
Ushbu turdagi kompyuter ilovalari nafaqat ko‘p sonli hujjatlar bilan ishlaydigan mutaxassislar 
uchun, balki oddiy foydalanuvchilar uchun ham foydalidir. Matn formatlarini o‘zgartiradigan 
ko‘plab ilovalar mavjud.


32

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin