Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153
10-sinf informatika ..

CHROMA KEY BILAN ISHLASH
Chroma Key vositasi yordamida videoning fonini 
olib tashlash yoki o‘zgartirish mumkin. 
Chroma Key ko‘pincha kino sanoatida sahna 
fonini, ko‘k yoki yashil ekranni asosiy fon sifatida 
almashtirish va aktyorni birinchi o‘ringa qo‘yish 
uchun ishlatiladi. Chroma Keyning ishlatilishiga 
asosiy sabab, ko‘k yoki yashil rang teri rangiga 
qarama-qarshi rang hisoblanadi. 
Chroma Key rang tugmachasi va rangni ajratish qoplamasi sifatida ham tanilgan bo‘lib, 
ko‘k 
yoki 
yashil ekran
deb ham ataladi.
DIQQAT
ChromaKey
– bitta qolipdagi rang 
yoki rang diapazonini boshqa freym 
bilan almashtirish orqali ikkita qolip 
yoki tasvirni birlashtirish uchun 
ishlatiluvchi usul.
FONNI ALMASHTIRISH VA OLIB TASHLASH
1. Orqa foni o‘zgartirilmoqchi bo‘lgan fayllarni import qiling. Fonni olib tashlash uchun 
ko‘k yoki yashil kabi yorqin, bir xil fonga ega videoni tanlash maqsadga muvofiq. 
2. Orqa foni olib tashlanmoqchi bo‘lgan video ajratib ko‘rsatiladi va u yuqoriga ko‘chirib 
o‘tiladi. Natijada, montaj stolida qo‘shimcha videotrek paydo bo‘ladi.


76
III BOB. 
ANIMATSIYA TEXNOLOGIYASI
7676
3. Yuqori trekdagi videoning ustida 
sichqonchaning chap tugmachasi ikki 
marta bosiladi. Videopleyerda video 
qoplamasi sozlamalari ochiladi.
4. Yuqori trekdagi video ajratilgan 
holda oynaning chap tomonidagi 
“More Tools” yorlig‘i ustiga bosiladi va 
“Chroma Key” uskunasi tanlanadi.
5. Videopleyerdagi videoning atrofida ko‘k chegara paydo bo‘lganidan so‘ng, olinishi 
kerak bo‘lgan rangni tanlash uchun videoning foni ustiga bosiladi. Tanlangan rangdagi 
joylar shaffof ko‘rinishga o‘tadi va pastki qismdagi videoklip fon sifatini oladi.
1. Mobil qurilma orqali yashil yoki ko‘k fonda video oling.
2. Chroma Key yordamida olingan video orqa fonini almashtiring.
3. Tayyor loyihani chroma.mp4 nomi bilan eksport qiling.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin