Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   153
10-sinf informatika ..

with ..as operatori 
Fayl bilan ishlashda turli holatlarga duch kelish mumkin. Masalan, fayldan foydalanishga 
ruxsat berilmagan bо‘lishi mumkin va h. k. Buyday holatlarda dasturning ma’lum bir qatorida 
xatolik yuz berishi va undan keyingi satrlardagi close() metodi orqali faylning yopilishi 
bajarilmasligi mumkin. Buning uchun Pythonda 
with ..as 
operatori mavjud bо‘lib, bu operator 
har qanday holatda ham fayl yopilishini ta’minlaydi. 


136
136
136
136
V BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR 
1. Fayllar nima maqsadda ishlatiladi?
2. Faylni ochish uchun qaysi buyruqdan foydalaniladi?
3. Faylning davomiga yozish imkoniyati mavjudmi, agar mavjud bо‘lsa, qaysi rejim orqali 
amalga oshiriladi? 
4. Faylni avtomatik tarzda yopish uchun qaysi operatordan foydalaniladi?
39-dars. AMALIY MASHG‘ULOT
Misol.
E. Vohidovning “О‘zbegim” qasidasi 4 misrasini faylga yozish dasturini tuzing.
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.
Sintaksisi:
with open(file, mode) as file_name
# commands
with orqali ochiq fayl file_name о‘zgaruvchi aniqlanadi hamda commands’da keltirilgan 
buyruqlar ketma-ketligi bajariladi. Sо‘ng qanday holat yuzaga kelishidan qat’iy nazar, fayl 
avtomatik ravishda yopiladi. 
with open('d:/project/my.txt', 'a’) 
as tt_file:
tt_file.write('\nwith .. as')
print('\nGood be', file = tt_file)
d:/project/ manzilidagi my.txt faylini davomiga 
yozish uchun ochadi va tt_file’ga о‘zlashtiradi.
tt_file fayl davomini keyingi satriga 'with .. as' 
matnini write() metodi orqali yozadi.
tt_file fayl davomini keyingi satriga 'Good day' 
matnini print() orqali yozadi.
Hello world!
Good day!
with .. as
Good be
file_name = 'd:/project/qasida.txt'
qasida = list()
for i in range(4):
Fayl nomi va manzilini file_name’ga о‘zlashtiradi.
“qasida” nomli bо‘sh rо‘yxat yaratiladi.
4 misralik qasidani kiritish uchun sikllar soni 4 ga 
teng deb olinadi.
q_satri = input ('Qasida satrini 
kiriting ' + str(i+1) + '- ')
Qasidaning kiritilgan har bir satri о‘qib olinadi va 
q_satri ga о‘zlashtiriladi


137
137
137
137
qasida.append(q_satri + '\n')
Har bir satr “qasida” nomli rо‘yxatga element 
sifatida о‘zlashtiriladi.
with open(file_name, 'a’) as q_file:
Fayl yozish uchun ochiladi va q file’ga 
о‘zlashtiriladi.
for q_satri in qasida:
q_file.write(q_satri)
print('E.Vohidovning O`zbegim 
qasidasi')
with open(file_name, 'r') as q_file:
for q_satri in q_file:
print(q_satri, end='')
Rо‘yxat elementlari soniga teng bо‘lgan sikl tashkil 
etiladi.
q_file’ga о‘zlashtirilgan har bir satr q_satriga 
yoziladi.
Qasidani ekranga chiqarish uchun sarlavhasi chop 
etiladi.
Fayl о‘qish uchun ochiladi va q_file’ga 
о‘zlashtiriladi.
q_file’dagi satrlar soniga teng sikl tashkil etiladi.
q_file’dagi har bir satr chop etiladi.
TOPSHIRIQLAR
1. Faylga ixtiyoriy 5 ta son kiritish va ular yig‘indisini hisoblab, shu fayl davomiga yozish 
dasturini tuzing. 
2. Faylga kiritilgan she’r satrlarini teskari tartibda boshqa faylga yozish dasturini tuzing. 
Dasturda readlines() metodidan foydalaning. 

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin