Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I V BOB.   BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

I V BOB. 
 BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARI
202
SaaSning eng mashhur namunalari: Google Apps, Dropbox, Microsoft 365, SmartCloud, 
UZCLOUD.
Yuqoridagi barcha standart xizmat modellarida foydalanuvchi ehtiyojiga ko‘ra, infratuzilma, 
platforma yoki dasturiy ta’minotdan foydalanishi mumkin. Odatda, bunday bulut xizmatlaridan 
foydalanish uchun haq to‘lanadi, shu bilan birga, yangi va rivojlanayotgan tashkilotlar 
tomonidan xizmatlar uchun katta investitsiyalar sarflanishining oldini oladi. 
Bulutli hisoblash singari taqsimlangan hisoblash texnologiyalari ham masofaviy 
texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi, ammo ular bir-biridan farq qiladi. Bulutli 
hisoblash va taqsimlangan hisoblash tushunchalari bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib, ikkalasi 
ham foydalanuvchilarga katta miqdordagi resurslar almashinuvi orqali xizmat ko‘rsatadi. 
Bulutli hisoblashda resurslar markazlashgan holda boshqariladi, taqsimlangan hisoblashda 
esa resurslar tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanadi.
Taqsimlangan hisoblash 
– katta hajmdagi ma’lumotlarni tarmoqqa ulangan 
kompyuterlar guruhi yordamida qayta ishlash jarayoni. Jarayon muammoni guruhlar 
birgalikda hal qilishiga mo‘ljallangan.
Taqsimlangan hisoblash
kompyuterlarning 
bir-biriga bog‘langan ulkan tarmog‘i. Umumiy 
muammodan kelib chiqib, ularni bir necha kichik 
qismlarga ajratish orqali ishlaydi. U taqsimlangan 
arxitekturaga asoslangan bo‘lib, vazifalar vaqtga 
bog‘liq bo‘lmagan holda taqsimlangan tarzda 
rejalashtiriladi va boshqariladi.
Foydalanuvchilarning geografik jihatdan 
taqsimlangan hisoblash resurslariga uzluksiz 
kirishini ta’minlash uchun kompyuterlar guruhi 
virtual superkompyuter vazifasini bajaradi va 
katta ma’lumotlar bazalarini tahlil qilish kabi keng 
miqyosli dasturlarni amalga oshirish uchun yagona, birlashtirilgan manba sifatida taqdim 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin