Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


Yarim immersiv virtual voqelik



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Yarim immersiv virtual voqelik 
(ingl. 
Semi-Immersive Virtual Reality
) – immersiv 
bo‘lmagan va to‘liq immersiv virtual voqelik o‘rtasidagi jarayon. Kompyuter ekrani yoki 
VR ko‘zoynaklaridan foydalanib, virtual muhitda harakat qilish mumkin, ammo vizuallikni 
yaxshilash uchun jismoniy hislar yetishmaydi. Virtual sayohat, virtual avtotrenajyorlar yarim 
immersiv virtual texnologiyasining namunasi bo‘lishi mumkin. 
Kengaytirilgan voqelik
(ingl. 
Augmented Reality
) – foydalanuvchiga telefon ekrani orqali 
real dunyoni ko‘rish va unga ekranda virtual o‘zgarishlar kiritish imkonini beruvchi virtual 
voqelikning bir turi. Kengaytirilgan voqelikni yaxshiroq tushunishga yordam beruvchi misol 

bu Pokémon Go mobil o‘yin ilovasidir. 
Hamkorlikdagi virtual voqelik
(ingl. 
Collaborative VR
) – foydalanuvchilarning turli 
manzillardan turib, virtual muhitda 3D proeksiyalangan qahramonlar shaklida birlashishi. 
Masalan, PlayerUnknowns Battlegrounds (PUBG) kabi mobil o‘yinning virtual muhiti bunga 
misol bo‘la oladi.


I V BOB. 
VR – VIRTUAL VOQELIK TEXNOLOGIYASI
228
VIRTUAL VOQELIKNING TEXNIK VA DASTURIY 
TA’MINOTI
VRni to‘liq anglash uchun kompyuter, aqlli telefon kabi mobil qurilmalar bilan birgalikda 
maxsus texnik vositalar (shlem-displey, maxsus qo‘lqop), uch o‘lchamli (yoki stereoskopik) 
monitor, proyektor, maxsus ko‘zoynak yoki kompyuterning standart monitori va proyeksiya 
vositasi zarur bo‘ladi.
Kompyuter kerakli axborotni VR qurilmaga chiqarish uchun VR kirish ma’lumotlarini qayta 
ishlaydi, dasturiy ta’minot esa tezkor va aniq javoblarni ta’minlash uchun kirish va chiqish 
ma’lumotlarini boshqaradi. Masalan, agar VR shlemini kiyib, chap tomonga qaralsa, bu 
ma’lumotlar VR dasturga uzatiladi va chap tomonga qarab turgan tizim haqida xabar beradi. 
Demak, tizim ma’lumotni oladi va natijani qaytarib yuboradi hamda ekranda izlanayotgan 
yo‘nalishga mos keladigan real ko‘rinishni aks ettiradi. Boshni javob tomonga burganda 
ko‘rsatiladigan javob tasviri tezlikda amalga oshishish kerak, aks holda bu tasvir haqiqiy 
bo‘lmaydi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin