Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

3-DARS
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
225
1. Buyumlar Interneti deganda nimani tushunasiz?
2. IoTning qanday turlari mavjud?
3. IoTning imkoniyatlarini aytib bering.
4. IoT orqali fuqarolar hayotini qanday yaxshilash mumkinligiga ikkita misol keltiring.

Topshiriqlar
1.
Internetga ulanish uchun o‘rnatilgan aqlli muzlatkichlar ___________ dan 
foydalanadi. 
a) tarmoq adapterlari;
b) tarmoq kabellari;
c) Wi-Fi;
d) interfeys kartalari.
2.
Bo‘sh maydonga javob yozing.
a) ___________ manbasidan foydalanadigan har qanday obyekt buyumlar 
Internetiga ulanishi mumkin. 
b) ___________ – eng ommabop ijtimoiy tarmoq. 
3.
Mulohazalar TO‘G‘RI yoki NOTO‘G‘RI ekanligini aniqlang. Agar noto‘g‘ri bo‘lsa, tagiga 
chizilgan so‘z o‘rniga to‘g‘risini yozing.
Buyumlar Interneti – kundalik maishiy texnikalarni kompyuterga ulash tizimi. 
UYGA VAZIFA
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR


I V BOB. 
VR – VIRTUAL VOQELIK TEXNOLOGIYASI
226
38-dars. VR – VIRTUAL VOQELIK TEXNOLOGIYASI
Har bir inson dunyoni his va idrok etish tizimlari orqali anglaydi. Ma’lumki, insonning 5 xil 
sezgi organi mavjud: ta’m bilish, hid bilish, ko‘rish, eshitish va sezish. Ushbu organlar orqali 
qabul qilingan ma’lumot miya tomonidan qayta ishlanishi natijasida inson ongiga atrof-
muhitdan ma’lumotlar oqimi kelib tushadi. Virtual voqelik texnologiyalari axborotni insonga 
yetkazishda aynan shu sezgi organlaridan foydalanadi. 
Bunda obyektiv tabiiy voqelikni sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, 
kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Ammo 
virtual voqelik real fizik voqelikdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu voqelik ta’sirida 
vujudga keluvchi his-tuyg‘ular ko‘p jihatdan uning o‘zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok 
etishimiz bilan belgilanadi. Virtual dengizda cho‘milish mumkin, ammo bunda paydo bo‘luvchi 
his-tuyg‘ular o‘sha dengizni qanday idrok etishga bog‘liq bo‘ladi.
Virtual voqelik
(ingl. 
virtual reality
– VR) – sezgi (ko‘rish, eshitish va sezish) organlari 
orqali sun’iy dunyoni anglash axborot muhiti; axborotni foydalanuvchi ongiga yetkazish 
imkonini beruvchi dasturiy va texnik vositalar to‘plami.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin