Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

3-DARS
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
221
BUYUMLAR INTERNETI TURLARI
Iste

molchi buyumlari Interneti
(ingl.
 Consumer IoT)
iste’molchilar ilovalari va qurilmalari uchun 
buyumlar Internetidan foydalanishni anglatadi. Masalan, maishiy texnika, aqlli yordamchi, aqlli 
yoritkich va h. k. 
Tijorat buyumlari Interneti
(ingl. 
Commercial IoT
) uchun ko‘plab holatlar mavjud, ular atrof-
muhit holatini kuzatish, korporativ obyektlarga kirishni boshqarish, mehmonxona kabi yirik 
joylarda kommunal xizmatlar va iste’molni tejashda namoyon bo‘ladi. Aksariyat IoT tijorat 
yechimlari mijozlar tajribasi va ish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, aqlli 
yurak stimulyatorlari, monitoring tizimlari va h. k. 
Harbiy buyumlar Interneti
(ingl. 
Military Things IoMT)
IoT texnologiyalarini harbiy sohada 
qo‘llash uchun ishlatiladi. U, asosan, vaziyatni anglash sifatini oshirish, xavfni baholashni 
kuchaytirish hamda javob berish vaqtini yaxshilashga qaratilgandir. IoMTning keng 
tarqalgan dasturlariga kema, samolyot, tank, askar va dronlar, hatto “oldinga yo‘naltirilgan 
operatsion bazalar” ham kiradi. Bundan tashqari, IoMT harbiy amaliyotlar, tizimlar, uskunalar 
va strategiyani takomillashtirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni ishlab 
chiqaradi. Masalan, jangovar kuzatuv robotlari, odam kiyadigan biometriya.
Sanoat buyumlari Interneti
(ingl. 
Industrial IoT)
mavjud sanoat tizimlarini ko‘paytirishga, ularni 
yanada samarali qilishga qaratilgan. Masalan, raqamli boshqaruv tizimlari, aqlli qishloq 
xo‘jaligi, sanoatning katta ma’lumotlari va h. k. 
Infratuzilma buyumlari Interneti
(ingl. 
Infrastructure IoT)
xarajatlarni tejash, texnik xizmat 
ko‘rsatish kabilarni o‘z ichiga olgan aqlli infratuzilmalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. 
Masalan, infratuzilma datchiklarining ko‘priklar, temir yo‘llar kabilarni nazorat qilish va 
boshqarish tizimlari. 
IoTdan foydalanishni eng muhim jihatlari:
• yangi biznes modellari va daromad manbalarini yaratish;
• IoT ma’lumotlarga asoslangan tushunchalar orqali biznes qarorlarini yaxshilash;
• ish va biznes faoliyati samaradorligini oshirish;
• mijozlar tajribasini oshirish.
IoT dasturlari
IoTning turli sohalarda o‘ziga xos ravishda qo‘llanilishi tabiiy, albatta. Masalan, IOT qurilmalari 
sog‘liqni saqlash sohasida bemor ahvoli to‘g‘risida tezkor va aniq ma’lumot olish, chakana



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin