Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I V BOB.  IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

I V BOB. 
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
222
savdo sanoatida esa xaridorlarga u istagan mahsulotni topishda yordam berish uchun 
qo‘llanilishi mumkin. Demak, IoT texnologiyalarining turli sohalarda qo‘llanilishi bilan 
tanishamiz.
Aqlli uylar.
Xonadon sharoitiga tatbiq etiluvchi IoT qurilmalari energiyani tejash, qulayliklar 
yaratish uchun ishlatilishi mumkin. IoT yordamida “aqlli uylar” tarmog‘ini tashkil etish, uning 
yordamida konditsioner haroratidan tortib eshikka kirishda eshitiladigan musiqagacha 
smartfonda boshqarish mumkin. Kompyuter yoki smartfon orqali aqlli uyning turli qismlariga 
kirish va uni boshqarishni masofadan turib bajarish mumkin.
Aqlli avtomobil.
Harakatdagi transport vositasi ichidagi datchiklar o‘zi va atrofi to‘g‘risida 
real vaqtda ma’lumot olish imkonini beradi. 
Avtonom transport vositalari atrof-muhitni 
baholash hamda o‘zini boshqarish uchun 
turli sensor va ilg‘or boshqaruv tizimlaridan 
foydalanadi. 
Aqlli korxonalar.
IoT texnologiyalarining 
keng miqyosda qo‘llanilishi korxonalarning
iqtisodiy jihatdan o‘sishiga yordam 
berishi mumkin. Masalan, ofis binolariga 
datchiklar o‘rnatilishi lift harakatini yoki 
umumiy energiya sarfini kuzatishi mumkin. 
IoTni korxonalarda qo‘llash bilan ishlab 
chiqaruvchilar takrorlanadigan vazifalarni 
avtomatlashtirishi hamda butun ishlab 
chiqarish jarayonining istalgan qismidan 
ma’lumot olishi mumkin. Datchiklar taqdim 
etgan ma’lumotlar korxona butun ishlab 
chiqarishi yanada samarali ishlashini 
ta’minlaydi, shuningdek, avariyalar oldini 
olish yo‘llarini ishlab chiqishda yordam 
beradi.
Aqlli binolar.
Aqlli binolar xonada qancha 
odam borligini aniqlovchi datchiklar 
yordamida energiya sarfini kamaytirishi 
mumkin. Masalan, haroratni avtomatik 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin