Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Xavfsizlik devori
(ingl. 
Brandmauer yoki Firewall
)
 
– tarmoq trafigini bloklash va filtrlash 
uchun mo‘ljallangan tarmoqqa kirishni boshqaruvchi qurilma yoki dasturiy ta’minot. Xavfsizlik 


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
278
devori kompyuter va unga kiradigan ma’lumotlar o‘rtasida to‘siq yaratadi. Bu turdagi dasturlar 
orqali qaysi dastur yoki funksiyalar Internet bilan bog‘lana olishini, shaxsiy ma’lumotlarni 
ruxsatsiz uzatmasligini ta’minlash mumkin. Xavfsizlik devoridan foydalanishning asosiy 
maqsadi axborotni tajovuzkorlardan himoya qilish va trafikni filtrlashdan iborat. 
Virtual xususiy tarmoq
(ingl. 
Virtual Private Network
)
 
– qurilma va Internet o‘rtasidagi 
xavfsiz tunnel. VPN onlayn kuzatuv, aralashuv va turli taqiqlardan himoya qiladi. VPN 
ommaviy tarmoq doirasida ma’lumotlarni uzatish va olish uchun xususiy tarmoqni 
aniqlash va ulardan foydalanish imkonini beradi. VPNda ishlaydigan ilovalar xavfsiz tarzda 
himoyalangan. VPN ichki tarmoqqa masofadan ulanish imkonini beradi. VPN kanali orqali 
o‘tayotgan barcha ma’lumotlar shifrlangan holatda bo‘ladi. Demak, bunda kimdir ushbu 
tarmoqqa ulanib olsa ham, oqib o‘tayotgan ma’lumotlardan foydalana olmaydi.
Antivirus dasturlari
Internetga ulangan qurilmaga o‘rnatiladi va tarmoqdagi barcha 
ma’lumotlarni Internetda skanerlaydi. Ular zararli dasturlarni tanib olish va zararsizlantirish 
uchun mo‘ljallangan. Kompyuter ishlayotgan vaqtda skanerlash uzluksiz amalga oshiriladi va 
uni foydalanuvchi xohishiga ko‘ra ishga tushirish mumkin. Antivirus dasturlari nafaqat zararli 
dasturlarni aniqlay oladi va uning ma’lumotlarga kirishini bloklaydi, balki virus kompyuterga 
kirib olgan bo‘lsa ham, zararlangan fayllarni tiklaydi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin