I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
296
61–62-darslar. INTERNET VA RAQAMLI DUNYO
1. "Raqamli izlar" haqida nimalarni bilasiz?
2. Internet olamidagi raqamli izlar orqali shaxs axloqiga baho berish mumkinmi?
Tamaddunning dastlabki davrlarida odamlar oddiy bilim va ko‘nikmalardan qoniqish hosil
qilgan. Davrlar o‘tib, axborotga bo‘lgan talabning ortishi turli qurilmalarning paydo bo‘lishiga
sababchi bo‘lgan bo‘lsa, axborotlarni qayta ishlashning zamonaviy usul va vositalari ishonchli
axborot manbalaridan foydalanish, ularni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkonini yaratdi.
Bugungi axborot davrida har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining
ko‘zgusi, kishilar tafakkuri va siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo‘lib
kelmoqda.
Axborotlashgan jamiyat
a’zolari aksariyatining faoliyati zamonaviy kommunikatsiya
texnologiyalari hamda axborot almashinuvining xilma-xil vositalari asosida amalga
oshirilayotgan axborotni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan bog‘liq
bo‘lgan jamiyatdir.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni uning har bir a’zosiga o‘z ehtiyojlariga ko‘ra ma’lumot
olish imkonini beradi. Shaxs katta hajmdagi axborotga ishlov bera olishi uchun zamonaviy
qurilma va texnologiyalarda ishlay olish bilan bir qatorda muayyan ахbоrоt madaniyati
darajasiga ega bo‘lishi zarur. Axborotlashgan jamiyatga o‘tish munosabati bilan mavjud
tushunchalar qatoriga
axborot madaniyati
tushunchasi
ham kirib kelmoqda.
Axborot madaniyati deganda, kompyuter texnologiyalaridan xabardorlik, axborotni qabul
qilish, qayta ishlash va uzatishning zamonaviy texnik vositalari va usullaridan maqsadli
ishlarni amalga oshirish yo‘lida foydalanish ko‘nikmalarining mavjudligi nazarda tutiladi.
Boshqacha aytganda, shaxs axborot madaniyatining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar bilan
belgilanadi:
Dostları ilə paylaş: