OLTI QOIDALAR
• Internetdagi xatti-harakatlaringiz
ijobiy bo‘lsin;
• Internetda boshqalar siz bilan yaxshi
munosabatda bo‘lishni istasangiz,
ular bilan ham shunday munosabatda
bo‘ling;
•
qabul qilish va rad etishni o‘rganing;
• abadiy qolishini istamagan
narsalaringizni tarmoqqa
joylashtirmang.
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
299
boshqalar bilan bo‘lishishda maxfiylikka rioya qilish, muallif roziligisiz ma’lumotlarni
boshqalarga taqdim etmaslik kerak.
Xilma-xillikni hurmat qiling.
Turli guruh va jamoa forumlarida ishtirok etuvchi shaxslar bilimi,
tajribasi, dunyoqarashi, madaniyati kabi jihatlarining xilma-xilligini hurmat qilish zarur.
Mas
’
uliyatli bo
‘
ling
Kiberjinoyatdan saqlaning.
Internetda amalga oshirilgan har qanday haqorat, kamsitish,
qo‘rqituvchi xatti-harakat, mish-mish va tahdidlar, jabrlanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini
tarmoqqa joylashtirish hamda masxara qilish
kiberjinoyat
hisoblanadi. Kimnidir xafa qilish
yoki hijolatli vaziyatga tushirish niyatida amalga
oshirilgan kiberjinoyat bir necha bor takrorlanishi
mumkin. Internetdagi bunday jinoyatlar
jabrlanuvchiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Bunday harakatlar raqamli izlar yordamida
kuzatilishini UNUTMANG!
Trollardan ogoh bo
‘
ling.
Internet troll –
suhbatdoshlariga “yoqmaydigan” narsalarni
yozuvchi, virtual muloqotda janjallashuvchi, mojaro
chiqaruvchi, hammaning e’tiborida turish uchun
hamisha kimnidir yomonlab, uning adashganligini
fosh qilib turuvchi kishi. Trollar kо‘pincha arzimagan
bahona yoki hech bir sababsiz boshqalarni Internet
orqali haqorat qilishga urinadi. Shu boisdan,
Internetda odamlar o‘rtasida keskin tus olgan munozara, blog va forumlarda aslo ishtirok
etmaslik va shaxsiy munosabatlarni bildirmaslik kerak.
Raqamli texnologiyalar (Internet, ijtimoiy tarmoq, onlayn o‘yin, multimediya va mobil
telefonlar)ning inson kundalik hayotiga kirib kelishi u haqida hamma narsani, jumladan,
ta’til yoki oilaviy tadbirlarda tushgan rasmlaridan tortib, ism-familiyasi, tug‘ilgan sanasi, joriy
vaqtdagi manzili va shaxsiy kompyuteri identifikatsiya raqami (ID)ga oid ma’lumotlardan
xabardor
raqamli makon
da yashashga majbur qilmoqda.
Raqamli izlar smartfon, planshet, kompyuter kabi zamonaviy qurilmalar yordamida raqamli
makonda amalga oshirilgan har qanday hatti-harakatlar natijasida to‘planib boradigan
ma’lumotlardir. Bu ma’lumotlar o‘chirilgandan keyin ham yana paydo bo‘laveradi. Raqamli
izlar
passiv
va
faol
turlarga ajratiladi.
Faol raqamli izlar
foydalanuvchi ongli ravishda, o‘z ixtiyori bilan Internet tarmog‘ida qoldirgan
ma’lumotlar asosida hosil bo‘ladi. Masalan
,
Facebook, Instagram, Twitter kabi ijtimoiy
tarmoqlarga ma’lumot va xabarlarni joylashtirish, ularni o‘zgartirish, veb-saytlarda ro‘yxatdan
|