I I BOB.
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
74
SUN’IY INTELLEKT TARIXI
Qadim zamonlardan faylasuflar kelajakda sun’iy mavjudotlar, mexanik odamlar
hamda turli avtomatik qurilmalar yaratilishiga ishonishgan. Qadimgi Misr va
Yunonistonda sun’iy intellekt xususiyatlarini bayon qiluvchi afsonalar Xudolar
bilan bog‘liq bo‘lgan. Zamonlar o‘tib, minglab yillar mobaynida insonlar aqliy
jihatdan rivojlandi va yangi fanlarni kashf etdi. 1700-yillarga kelib allomalar inson
tafakkurini sun’iy ravishda qanday mexanizatsiyalashtirish, aqlli mashinalar
yaratish haqida jiddiy bosh qotira boshladi. Shu davrdan boshlab badiiy so‘z
ustalari tomonidan robotlar yoki insondan ustun turuvchi aqliy qurilmalar haqida ko‘plab
fantastik asarlar bitildi.
Sun’iy intellektning amaliy fan sifatida rivojlanishi Alan Tyuring nomi bilan bog‘liq. 1950-yilda
Tyuring kelajak mashinalari imkoniyatlari va ularning aql bobida insoniyatni
ortda qoldirishi
bo‘yicha muammoli savollarni o‘rtaga tashlaydi. Jumladan, “Turing testi” nomli protsedurani
taklif etadi. Bu protsedura sun’iy intellekt tafakkurini inson tafakkuriga taqqoslash orqali ularni
baholash imkonini berdi.
1951-yilda Marvin Minskiy va Dekan Edmunds SNARC (Stochastic Neural Analog Reimforc
Calculator) nomli sun’iy neyron tarmoqlariga asoslangan sun’iy intellekt
mashinasini ishlab
chiqdi.
1956-yilda AQSHda sun’iy intellekt
masalalariga bag‘ishlangan Dartmut
konferensiyasi tashkil etiladi.
Konferensiyada o‘sha
davrning mashhur
olimlari Marvin Minskiy,
Jon Makkarti,
Klod Shennon, Natan Rochester va
boshqalar ishtirok etishadi hamda sun’iy intellekt sohasi bo‘yicha
rivojlanish nuqtalarini belgilab olishadi. Konferensiya natijasi o‘laroq,
Marvin Minskiy tomonidan sun’iy intellekt atamasi fanga ilk bor rasman
kiritiladi.
1958-yilda Jon Makkarti tomonidan sun’iy
intellekt uchun dasturlar
tuzishga mo‘ljallangan Lips dasturlash tili yaratiladi. O‘sha davrdan boshlab sun’iy intellektga
asoslangan qurilmalar sanoatda qo‘llanila boshlaydi.
Xususan, 1961-yilda Genaral Motors kompaniyasining avtomobil
ishlab chiqarish zavodida
Dostları ilə paylaş: