Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

TAYANCH TUSHUNCHALAR


I I BOB. 
PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT) DASTURINI TUZISH
118
Dragon Anywhere
dasturi nutqni yuqori sifatda aniqlash, desktop 
dasturiy ta’minoti bilan birga ishlash va kuchli nutqni tanib olish 
imkoniyatlariga ega. Dragon Anywhere bulutli qayta ishlash usuli 
yordamida audio fayllarni matnli ko‘rinishga konvertatsiya qiladi. Dastur 
Android va IOS mobil tizimlarida ishlaydi. Bundan tashqari, u Dropbox 
bulutli xizmati orqali matnli fayllarni saqlash va ulashish imkoniyatini 
ham taqdim etadi. Dasturning kamchiligi sifatida boshqa matnli dasturlar bilan ishlay 
olmasligini ko‘rsatish mumkin. Dasturdan foydalanish pullik.
Dragon Professional 
dasturi kuchli nutqni tanib olish xususiyati, 
orfografik xatolardan xoliligi va daqiqasiga 160 tagacha so‘z yoza olish 
imkoniyati bilan boshqa dasturlardan farq qiladi. Shuningdek, dastur 
foydalanuvchilarga o‘z ovozlari yordamida hujjat yozish va tahrirlash, 
jadvallarni yaratish va Internetdan kerakli ma’lumotlarni ko‘rib chiqish 
vositalarini taqdim etadi. Dastur matnlarni 98 % aniqlikda to‘g‘ri va imlo 
xatolarisiz yoza oladi. Dragon Professional dasturi pullik dasturlar sirasiga kiradi.
Otter
mobil qurilma va kompyuterlarda bulutga asoslangan nutqni 
qayta ishlash dasturi hisoblanadi. Dastur transkripsiyani real vaqtda 
taqdim etadi, bu esa foydalanuvchiga ovozli ma’lumotning kerakli 
qismini qidirish, tahrirlash, o‘qish va tartibga solish imkonini beradi. 
Otter faqat ingliz tili va uning ma’lum bir shevalaridagina ishlaydi. Dastur 
Dropbox bulutli xizmati bilan hamkorlik qiladi. 
Verbit
dasturi neyron tarmoqlar va algoritmlardan foydalanib, fon 
shovqinini kamaytiradi, atamalarga e’tiborni qaratadi, shuningdek, 
talaffuzidan qat’i nazar, ma’ruzachilarni farqlay oladi. Dastur tijoriy 
maqsadda yaratilgan va undan foydalanish pullikdir. 
Braina
dasturi nafaqat nutqni matn ko‘rinishiga o‘tkazishni, balki 
shaxsiy kompyuterda turli xil vazifalarni bajarishga yordam beruvchi 
ovozli buyruqlarni ham taqdim etadi. 90 ga yaqin tillarni qo‘llab-
quvatlashi dasturning kuchli tomonlaridan biri hisoblanadi. Braina, 
shuningdek, shaxsiy kompyuterdan faylni qidirish yoki Internetdan ma’lumot qidirish, MP3 
faylini tinglash, elektron kitobni ovoz chiqarib o‘qish kabi ishlarni bajarishga ko‘maklashuvchi 
virtual yordamchidir. Dastur Internet yordamida Windows va Android tizimlarida ishlaydi. 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin