Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

-
ing:
Namuna: NaturalReader – har xil matnli fayllarni audiofayl ko‘rinishiga o‘tkazuvchi TTS dastu
-
ri.
Google Translate – _________________________________________ ______________________
___________________________________.
SHAZAM – ______________________________________________ _______________________
__________________________________.
Duolingo – _______________________________________________ _______________________
__________________________________.
Yandex Alica – __________________________________________ ________________________
_________________________________.
12. Python dasturlash tilining qo‘shimcha kutubxonalari berilgan qatorni toping:
a) Sofiya, Surena, Asimo, UBTECH Walker;
b) NumPy, NLTK, PyBrain, spaCy;
d) NaturalReader, Capti, Otter, Verbit.
13. Pythonda TTS dasturini tuzish uchun qanday kutubxonalardan foydalanish 
mumkin?
A. NumPy, NLTK;
B. PyBrain, spaCy; 
C. pyttsx3, gtts.
14. Python dasturlash tilida STT dasturini tuzish uchun dastlab _______.
a) kerakli kutubxona o‘rnatiladi va dastur kod oynasida import qilinadi;
b) Python dasturlash tilida to‘g‘ridan to‘g‘ri kod yoziladi;
d) Google orqali kerakli dastur kodi qidiriladi va kompilyatorga ko‘chiriladi.


19-DARS
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
129
NAZORAT ISHI. O‘TILGAN MAVZULAR YUZASIDAN TEST TOPSHIRIQLARI
Kompyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun 
ularni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ldi. Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirishning 
asosiy maqsadi foydalanuvchilarga axborot resurslaridan foydalanish imkonini berish hamda 
hamkorlikda ishlashini tashkil etishdan iborat. Foydalanuvchilar tarmoq orqali bir vaqtning 
o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bunda 
axborot tashuvchi qurilmalardagi joy, shuningdek, printer, skaner, modem, lazerli disklar 
majmuining birgalikda ishlatilishi mablag‘ni tejash imkonini beradi. Tarmoqdan foydalanganda 
axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki qimmatli axborotlarni juda oddiy usulda qayta 
nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o‘rtasida axborot almashish jarayoni 
yengillashadi.
Kompyuter tarmog‘i (Network, Net – tarmoq va work – ishlash)– kompyuterlar, ular 
о‘rtasidagi aloqa kanallari, axborot almashish va birgalikda ishlashini ta’minlovchi 
dasturlar tizimi.
Server – xizmatlarni taqdim etuvchi markaziy kompyuter.
IP-manzil – tarmoqqa ulangan qurilmaga berilgan noyob manzil.
Tugun – har qanday tarmoq qurilmasi.
Xost – tarmoqdagi boshqa xostlar (qurilmalar) bilan aloqa o‘rnatuvchi va xizmat 
ko'rsatuvchi qurilma (yoki server). 
Bugungi raqamli dunyoda deyarli hamma va har narsa bir-biriga bog‘langan. Buning 
natijasi o‘laroq, ma’lumotlarni real vaqtda ishlab chiqish, almashish va butun dunyo 
bo‘ylab tarqatilishini kuzatish mumkin.
Ikki yoki undan ortiq o‘xshash qurilmalar yoki bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq insonlar guruhi 
tarmoq
deb ataladi. 
Apparat qurilmalari hamda tarmoq dasturiy ta’minoti orqali bir-biri bilan o‘zaro hamohang 
ishlay oladigan kompyuter va boshqa qurilmalar majmuiga esa 
kompyuter tarmog‘i 
deyiladi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin