Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT) DASTURINI TUZISH



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

17-DARS
PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT) DASTURINI TUZISH
PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT) DASTURINI TUZISH
119
Pythonda STT dasturini tuzish uchun qo‘shimcha SpeechRecognition va PyAudio 
kutubxonalaridan foydalaniladi. Vaqt o‘tishi bilan STT dasturlari yanada rivojlanmoqda. 
Bunday holat kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan ahamiyatlidir.
1. STT dasturi qanday vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan?
2. Bugungi kunda keng foydalanilayotgan STT dasturlari haqida ma’lumot bering.
3. Python dasturlash tiliga STT dasturlarni yaratish uchun qanday kutubxonalar kerak?
4. Ovozli ma’lumotlarni matn holatiga o‘tkazishning qanday afzalliklari mavjud?
5. Robotlar inson kabi so‘zlashishida STT texnologiyasi qanday rol o‘ynaydi?
AMALIY FAOLIYAT 
PYTHON DASTURASH TILIDA STT DASTURINI YARATISH
Pythonda ovozli ma’lumotni matn ko‘rinishiga o‘tkazuvchi sodda STT dasturini tuzish 
jarayoni bilan tanishamiz. Dastur kodini yozishdan avval Pythonga SpeechRecognition 
va PyAudio kutubxonalarini o‘rnatish lozim. Buning uchun cmd.exe oynasiga pip install 
SpeechRecognition kodi yoziladi va “Enter” tugmachasi bosiladi. Kutubxona fayllari 
Internetdan yuklanadi va Pythonga o‘rnatiladi. So‘ngra pip install PyAudio kodini davomidan 
yozamiz hamda jarayonni takrorlaymiz. Quyida o‘rnatilish jarayoni tasviri keltirilgan:
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 


I I BOB. 
PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT) DASTURINI TUZISH
120
1. Ovoz yozish qurilmasi yordamida kiritilgan ma’lumotni matn ko‘rinishiga konvertatsiya 
qilish
SpeechRecognition va PyAudio kutubxonalari kompyuterning ovoz yozish qurilmasi 
(diktofon), Googlening STT sintezatori va Python dasturlash tilini o‘zaro bog‘laydi. Bu esa 
foydalanuvchiga STT dasturini yaratish imkoniyatini taqdim etadi. TTS dasturida bo‘lgani kabi 
bu yerda ham dastur kodini yozish jarayonida, eng avvalo, SpeechRecognition kutubxonasini 
import qilish lozim. Yaratiladigan dastur kompyuter mikrofoni bilan bog‘langan holda 
foydalanuvchi ovozini yozib oladi va Googlening nutqini tanib olish imkoniyatidan foydalanib,
uni matn ko‘rinishiga konvertatsiya qiladi. Quyida sodda STT dasturining kodlari keltirilgan: 
__author__ = 'NORMATOV S.'
import speech_recognition as stt
r = stt.Recognizer()
with stt.Microphone() as source:
print("Gapirishni boshlang, vaqt ketdi");
audio = r.listen(source)
print("Vaqt tugadi. Rahmat")
try:
print("Text: " + r.recognize_google(audio));
except:
pass;
Yuqoridagi dastur kodi ishga tushirilganda, natija quyidagicha bo‘ladi:
Demak, dasturning “gapirishni boshlang, vaqt ketdi” degan yozuvidan so‘ng 
“ramazonu karim” 
deb aytiladi. Googleda avtomatik tanlov ingliz tilida bo‘lganligi sababli aytilgan gapni Text: 
Ramadan Kareem ko‘rinishida matn holatida tasvirlab berdi. Googlening STT bilan ishlovchi 
tillar ro‘yxatida o‘zbek tili ham mavjud. Demak, dastur kodini biroz o‘zgartirish orqali o‘zbek 
tilidagi ovozli ma’lumot (audio)ni matn ko‘rinishiga o‘tkazish mumkin ekan. Buning uchun 
yuqoridagi kodning faqat quyidagi qisminigina o‘zgartirish talab etiladi. 
print("Text: " + r.recognize_google(audio, language='uz-UZ'));



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin