38
III BOB.
KOMPYUTER DASTURLARI
10-dars. KOMPYUTERNI BOSHQARUVCHI
DASTURLAR
Kompyuter ishlashi uchun biz tanishib chiqqan qurilmalarning o‘zi yetarli emas.
Har qanday
kompyuter foydalanuvchi tomonidan beriladigan buyruq va ko‘rsatmalar asosida ishlaydi.
Bunday buyruq va ko‘rsatmalarning ketma-ketligi dastur deb ataladi.
Interfeys tushunchasi
“SOFT” deb ataluvchi kompyuter dasturlari turli maqsadda yaratilgan va ular, albatta,
bir-biridan avvalambor interfeysi, ya’ni ko‘rinishi bilan ajralib turadi.
Interfeys — dastur ishga tushirilganda uning ekrandagi ko‘rinishi va foydalanuvchiga berilgan
imkoniyatlardir.
Dastur — kompyuter tushuna oladigan tilda yozilgan buyruq va ko‘rsatmalarning
tartibli ketma-ketligidir.
ESLAB QOLING!
• Tizimli (boshqaruvchi)
dasturlar;
• Matn
protsessorlar
(matn bilan ishlash dasturlari);
• Grafik protsessorlar
(rasm, foto,
chizmalar bilan
ishlovchi dasturlar);
• Elektron jadvallar (hisob-kitoblarni
amalga oshiruvchi dasturlar);
• Utilitlar (boshqa turli vazifalarni
bajaruvchi yordamchi dasturlar) tashkil
etadi.
O‘z navbatida, kompyuterning dasturiy ta’minotini:
OPERATSION TIZIM DASTURLARI NIMA UCHUN KERAK?
BUNI BILASIZMI?
Kompyuter yoqilishi
bilan ishga tushadigan, foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasida
muloqot o‘rnatadigan, barcha qurilma va dasturlarni boshqara oladigan maxsus dastur
operatsion tizim (OT) deb ataladi.
Bular sirasiga DOS, UNIX, MS-DOS, MACOS, WINDOWS, LINUX,
DOPPIX kabi dasturlar
kiradi.
39
10-DARS.
KOMPYUTERNI BOSHQARUVCHI DASTURLAR
Operatsion tizim faqat kompyuterning asosiy qurilmalaridagina emas,
shuningdek, barcha
tashqi qurilmalardagi axborotni ham saqlash, qayta ishlash, uzatish hamda boshqarish
uchun zarur. Bu tizimlarning tez-tez yangilanib turishi
bevosita yangi texnologiyalar, ya’ni yangi
qurilma hamda dasturlarning yaratilishiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: