37
9-DARS.
KLAVIATURA TRENAJYORLARI VA “TEZKOR TERISH” MASHQLARI
1. Barcha barmoqlar quyida keltirilgan holatda turishi va tugmachalar rangiga mos
harakat qilishi lozim.
2. Avval biror matn yoki uning parchasini klaviaturaga qarab turib, qayta-qayta terishga
harakat qiling. Bunda qanchalik ko‘p mashq qilsangiz, klaviaturadagi harflar joylashuvini
shunchalik tez eslab qolasiz. Ko‘nikma hosil qilgach, ko‘zlarni monitordan uzmay harf
terishga o‘ting.
O‘ng qo‘l. Bosh barmoq “probel” ustida, ko‘rsatkich barmoq «j», o‘rta barmoq «k», nomsiz
barmoq «l» harflari, jimjiloq esa «;» belgisi ustida turishi kerak.
Chap qo‘l. Bosh barmoq “probel” ustida, ko‘rsatkich barmoq «f» harfi, o‘rta barmoq «d»,
nomsiz barmoq «s», jimjiloq esa «a» harfi ustida turishi kerak.
3. Barmoqlarni shu holatda turishga o‘rgatish va boshqa harflarni tergandan keyin yana
“asdf – jkl;” holatga qaytish.
4. Matn terganda harflarning joylashish o‘rnini ko‘z oldingizga keltiring.
5. Avval sekin, bir maromda harflar ustiga bosing va bu mashqni barmoqlar o‘rgangunga
qadar takrorlang.
6. Matn terganda barmoqlarni ko‘tarmasdan, tugmachalar ustida sirpantirib harakatlantiring.
Yuqoridagi mashqlarni klaviatura trenajyorining barcha bosqichlaridan o‘tib, MS Word yoki
Bloknot dasturlarida bajaring.
FOYDALI MASLAHATLAR
1. “Smart texnologiyalar” mavzusida elektron diktant yozish.
2. Ko‘zlarni boylag‘ich bilan berkitib, so‘zlar ketma-ketligini yozish.
3. Yordamchi klaviaturadan foydalanib, sonlar ketma-ketligini hamda arifmetik amallarni
yozish. Masalan:
567, 909, 1002, 454, 820, 34781, 10926, 277+55=…
4. “Kim chaqqon?” mavzusida marafon o‘tkazish. MS Word yoki Bloknot dasturida kim eng
ko‘p sinfdoshlar ismini yozish (Sharti: ism qaysi harfga tugallansa, keying ism shu harfdan
boshlanishi lozim).
Masalan: Anvar – Rashid – Dilmurod …
Dostları ilə paylaş: