4848
IV BOB.
MATN PROTSESSORIDA HUJJATLAR YARATISH
13-dars. MATN PROTSESSORI DASTURI
VA UNING INTERFEYSI
Hozirgi kunda hujjat yaratish, kitob, darslik,
gazeta va jurnal, buklet
va otkritkalarni nashrga tayyorlash va
chop etishning yangi usul
hamda vositalari qo‘llanilmoqda. Bunda elektron shakldagi hujjatlarni
kompyuterda tez va oson usulda qayta ishlash,
chop etish, ko‘paytirish
yoki elektron pochta orqali jo‘natish imkoni mavjud.
Windows operatsion tizimi tarkibidagi Блокнот, Word Pad kabi matn ustida ishlovchi dasturlar
qatorida Microsoft kompaniyasi foydalanuvchilarga yanada qulaylik tug‘dirish maqsadida
Microsoft Office (ofis paketi) deb ataluvchi dasturlar to‘plamini yaratdi.
1992-yilda ilk yaratilgan bu ofis paketiga faqat 4 ta ilova: Word, Excel, PowerPoint va Mail
dasturlari kiritilgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 10 taga yetdi. Chunki ofis paketi dasturlarining
versiyalari kundan kunga o‘zgarib, takomillashib bormoqda. Microsoft
Officening yangilangan
versiyalari o‘zidan oldingi dasturlardan bir qator afzalliklari bilan farq qiladi: yangi avlod
kompyuterlari,
smartfon, telefon va brauzerlar uchun turli ilovalar,
shuningdek, kelgusida ham o‘z
xususiyatini yo‘qotmaydigan, modernizatsiyalangan yangi funksiyalar bunga misol bo‘la oladi.
MICROSOFT WORD DASTURI
Office paketi dasturlari orasida qo‘llanilish bo‘yicha eng birinchi o‘rinda turuvchi dastur bu –
MS Word matn protsessori. 1992-yildan beri uning 10 dan ortiq versiyalari yaratildi.
Masalan, Word 2007 versiyasidan boshlab foydalanuvchilarga oddiy hol bo‘lib
qolgan menyu satri
o‘rniga Ribbon (tasmali panel) deb nomlangan ko‘rinish taqdim etildi.
MS Word-MS Office amaliy dasturiy ta’minot oilasiga kiradi va aynan matn terish, uni
rasmiylashtirish,
matnga jadval, rasm va turli ob'yektlarni joylashtirib, uni bezashda ishlatiladi.
Matn terish;
Matnga rasm qo‘yish;
Matnga rang berish, shrift almashtirish;
Matn va jadval bilan ishlash;
Matnni har xil bichimlarda saqlash;
Matnni sahifalash;
Katta hajmdagi matn ichida qidirish,
almashtirish va o‘rniga qo‘yish…;
Matnni qirqib olish va o‘rniga qo‘yish;
Matnni ko‘chirish;
Matnni printer yordamida chop etish;
Matnni orfografik xatolarga tekshirish…
MS Word-matn muharririning imkoniyatlari: