Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020


III BOB.  KOMPYUTER DASTURLARI



Yüklə 209 Kb.
səhifə32/74
tarix03.10.2023
ölçüsü209 Kb.
#151853
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
Texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020-www.hozir.org

III BOB. 
KOMPYUTER DASTURLARI 
12-dars. AMALIY MASHG‘ULOT.
FAYL VA PAPKALAR HOSIL QILISH VA AMALLAR 
BAJARISH
1-mashg‘ulot. Ish stolida Пуск tugmachasini bosib, quyidagi buyruqlar ketma-ketligini bajaring:
Все программы  Стандартные  Проводник Диск D:  Oynachaning bo‘sh sohasida
sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi. Hosil bo‘lgan kontekst-menyudan создать Папку
buyrug‘i tanlanadi.
Hosil bo‘lgan “Новая папка” nomini o‘chirib, uni “Mening ijodlarim” deb nomlang va Enter
tugmachasini bosing. Hosil bo‘lgan papkani sichqonchaning chap tugmachasini tezlik bilan
2 marta bosib oching va unda quyidagi amallarni bajaring: создать Текстовый документ. Ish
stolida Блокнот dasturi interfeysi ochiladi.
Dastur oynachasida “Aqlli maktab” yoki “Smart
School” deb sarlavha qo‘ying va shu mavzuda 5–6
satrdan iborat hikoya tuzing.
Hikoyani saqlab qo‘yish uchun dastur menyusining
Файл Сохранить как buyrug‘ini tanlang va hosil
bo‘lgan oynachadagi fayl nomi satrida “Smart.txt”
nom bering. Endi bu fayl avtomatik tarzda “Mening
ijodlarim” papkasiga saqlanib qoladi.
2-mashg‘ulot. Kompyuter ish stolida sxemaga mos “Yil” katalogini yarating va avvalgi
mashg‘ulotda yaratilgan “Smart.txt” fayl nusxasini har bir faslning biror papkasiga saqlab qo‘ying.
YIL
Bahor
Mart
Iyun
Sentabr
Dekabr
Aprel
Iyul
Oktabr
Yanvar
May
Avgust
Noyabr
Fevral
Yoz
Kuz
Qish
3-mashg‘ulot. Quyida berilgan katalogda “fayl yo‘lini” aniqlang va jadvalni to‘ldiring.



47
12-DARS. 


AMALIY MASHG’ULOT
Disk С:
Games
Fotoalbom
Dasturlar
Ishchi Hujjatlar
Ta’lim
Hujjatlar
Xobbi
Tezislar
Документ.doc
Документ.xls
Документ.txt
A)
Документ.txt
C:\ Hujjatlar\ Xobbi\Документ.txt
B)
Xobbi
C:\....
C)
Документ.xls
D)
Документ.doc
E)
Tezislar
F)
Ta’lim
H)
Ishchi Hujjatlar
1. Savollarga yozma javob bering:
a) Bitta papkaning ichida bir necha papka yaratsa bo‘ladimi?
b) Bir xil nomli fayl yoki papka yaratish mumkinmi?
c) Fayl yoki papkalarni ochishning qanday usullari bor?
2. Quyidagi mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini belgilang:
a) Fayllar faqat tashqi xotirada bo‘ladi. Ha ___Yo‘q ___
b) Fayllarni xotirada faqat nom berib saqlash mumkin. Ha ___Yo‘q ___
c) Papka faylning ichida joylashishi mumkin. Ha ___ Yo‘q___
d) Faylni Создать buyrug‘i orqali yaratish mumkin. Ha ___ Yo‘q___
e) Fayl kengaytmasini foydalanuvchining o‘zi belgilaydi. Ha ___Yo‘q ___
f) Papkani hosil qilish, undan nusxa olish va uni o‘chirish mumkin. Ha ___Yo‘q ___
g) Papkaning ichida faqat 1 tagina papka yaratish mumkin. Ha__Yo‘q__
3. Quyidagi rasmlarda ko‘rsatilgan qaysi vositalar fayllar saqlanishiga bog‘liq emas.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin