ESLAB QOLING!
11-DARS.
FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI
43
Har bir dastur o‘z yorlig‘iga ega. Unda yaratilgan fayllar nomi
va kengaytmasidan tashqari, shu dasturning yorliq belgisi ham
saqlanadi. Yorliq bu — dastur faylini ochish yoki ishga tushirish
xususiyatiga ega rasmli ob'yekt yoki piktogramma.
Kompyuterning asosiy xotirasida (qattiq diskda) bir necha minglab
ma’lumotlar saqlanadi. Tartibli saqlanishi va aralashib ketmasligi
uchun ularni alohida nomlangan papkalarda saqlash talab qilinadi.
Papkalar saqlanadigan joy katalog deb ataladi. Masalan, ish stolida joylashgan My
documents (Mening hujjatlarim) papkasida saqlangan papka va hujjatlar ro‘yxati ham
katalogga misol bo‘la oladi.
Katalog (papka) — bir necha papka va ostki kataloglarning umumiy nomi.
DIQQAT
Fayl nomida quyidagi belgilarni ishlatib bo‘lmaydi: / \ : * ? “ < > |,
probel o‘rniga esa, “_” tag chiziq ishlatish tavsiya etiladi. M-n: Buyruq_1.docx
DIQQAT
Word
Adobe Photoshop
Mozilla Firefox
Internet Explorer
PowerPoint
Excel
Kataloglar, papkalarning joylashuviga ko‘ra, Bosh katalog, Quyi katalog, Ona katalog deb
nomlanishi mumkin.
FAYL VA PAPKALAR USTIDA AMALLAR BAJARISH
Kompyuterda fayl va papkalar bilan ishlash jarayonida bir necha asosiy amallar bajariladi:
fayllarni hosil qilish, ochish, nusxalash, qayta nomlash, yopish, uzatish va o‘chirish.
1. Papka hosil qilish uchun ish stolida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosilib, hosil bo‘lgan
oynachada (kontekst menyuda)
→ Создать → Папку buyrug‘i tanlanadi.
2. Fayl yoki Papkani ochish uchun kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi
bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada → Открыть buyrug‘i tanlanadi.
3. Fayl yoki Papkani uzatish uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi
bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Отправить buyrug‘i tanlanadi
4. Fayl yoki Papkani o‘chirish uchun papka yoki faylni kursor bilan belgilab, sichqonchaning
o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Удалить buyrug‘i tanlanadi.
|