6262
IV BOB.
MATN PROTSESSORIDA HUJJATLAR YARATISH
O‘simlik
dunyosi
Hayvonot
olami
Qushlar
tabiati
Baliqlar
turi
JADVALLARNI MA’LUMOTLAR BILAN TO‘LDIRISH
Jadval hosil qilingach, endi katakchalarni turli ma’lumotlar: matn, son, formula, rasm bilan
to‘ldirish mumkin.
Ba’zan jadvaldagi bir necha katakchalarni birlashtirish talab etiladi. Word dasturida bunday
amallarni 2 usul bilan bajarish mumkin.
1. Zarur katakchalar belgilab olingandan keyin Работа с таблицами paneliga tegishli Макет
kontekst menyu tarkibidagi Объединить ячейки tugmachasi bosiladi.
2. Zarur kataklar belgilab olingandan keyin, sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va hosil
bo‘lgan oynachadan Объединить ячейки ko‘rsatmasi tanlanadi.
1–mashq. Ms Word dasturini ishga tushiring. Menyu tasmasidan Вставка Таблица
4 ustuncha va 5 satrli jadval hosil qiling. 1-satrdagi 3 ta katakni birlashtiring va jadvalni
quyidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiring. Ustun va satrlarni bo‘yash uchun keraklicha kataklar(
ustun yoki satrlar) belgilab olinadi va faollashgan menu qatoridan Заливка tanlanadi.
Hosil bo‘lgan ranglar panelidan och ranglar sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali
tanlanadi.