Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020


WORD ART OB'YEKTINI HUJJATGA JOYLASHTIRISH



Yüklə 209 Kb.
səhifə44/74
tarix03.10.2023
ölçüsü209 Kb.
#151853
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
Texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020-www.hozir.org

WORD ART OB'YEKTINI HUJJATGA JOYLASHTIRISH
“Word” (matn) va “Art” (san’at) ma’nolarini anglatuvchi bu ob'yektni Menyu tasmasidagi
Вставка bo‘limining Текст panelidan topamiz. Sichqoncha ko‘rsatkichi bilan tugmachani
bossangiz, WordArt ob'yektining yozuv stillari namoyon bo‘ladi.
Ochilgan oynachadan kerakli stil tanlanadi va u sahifaga joylashtiriladi. Joylashtirilgan
ob'yektning shrift va rangini o‘zgartirish imkoniyatlari mavjud.
Hujjatga yoki sahifaga hoshiya chiziqlari (рамка)ni joylashtirish
Menyu tasmasidan Дизайн bo‘limi tanlanadi va Фон страницы panelidan Границы
страницы  piktogrammasi tanlab olinadi.
Tanlash natijasida quyidagi oynacha hosil bo‘ladi va hoshiya chiziqlarining parametrlarini
tanlash imkoniyati yaratiladi:
Рисунок (4) bo‘limida sichqoncha ko‘rsatkichi bilan uchburchak tugmacha ustiga bosilsa, rasmli
ramkalar ro‘yxati hosil bo‘ladi.
Tanlangan ramka butun hujjatga tegishli sanaladi. Uni, mabodo, sarvaraqqa o‘rnatish zarurati
tug‘ilsa, Границы и заливки oynasidagi Пaраметры bo‘limiga murojaat qilish kerak bo‘ladi.
1
2
3
4
1 – Standart ramkalar ro‘yxati.
2 – Chegara chiziqlarining rangi.
3 – Chegara chiziqlarining qalinligi.
4 – Bezatilgan rasmli nostandart
ramkalar ro‘yxati.



65
18-DARS. 


WORD ART OB’YEKTI VA SARVARAQ (
TITUL
VARAG’I)
65
WORD DASTURIDA SARVARAQ (TITUL) YARATISH 
TEXNOLOGIYASI
Microsoft Word dasturida hujjatga sarvaraq yaratishning ham bir necha usuli mavjud. Ulardan biri
avvaldan tayyorlanib, dastur xotirasiga saqlab qo‘yilgan sarvaraqlar kolleksiyasi — shablonlardir.
Ular bilan ishlash juda qulay va ko‘p vaqt talab qilmaydi.
1. Shablonlardan foydalanish uchun Menyu tasmasidan Вставка bo‘limining Страницы
panelida joylashgan Титульная страница ko‘rsatmasi tanlab olinadi.
2. Ochilgan kolleksiyalar ro‘yxatidan kerakli shablonni tanlab olib, sahifada namuna sifatida
berilgan ma’lumotlarning o‘rniga yangi ma’lumotlar kiritiladi.
3. Keyingi usul foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra sahifa rangi, ramka va WordArt
ob'yektlarini tanlash orqali sarvaraq yaratadi.
1-mashq. Hammaga ma’lum REFERAT deb nomlanuvchi hujjat sarvarag‘ini yaratish.
Sahifaga ramka joylashtiramiz. WordArt ob'yektini tanlab, sahifadagi mavjud yozuv
o‘chiriladi va o‘rniga REFERAT so‘zi kiritiladi. Uning shrifti o‘lchamini referat so‘zini
yozishdan avval yoki keyin ham o‘zgartirish mumkin.
Asosiy amallar bajarilgandan so‘ng ikkilamchi yozuvlar kiritiladi:

maktab yoki tashkilot nomi;

bajardi: familiya, ism;

tekshirdi: familiya, ism;

shahar yoki tuman nomi va joriy sana.
2-mashq. WordArt ob'yektlari stillari yordamida reklama banneri uchun sahifa yaratish.
— sichqoncha ko‘rsatkichini WordArt ob'yekti piktogrammasi ustiga bosib, ochilgan
oynachadagi barcha stillar sahifaga joylashtiriladi;
— ob'yektlarni burish nuqtasidan foydalanib, ular turli holatlarda joylashtiriladi;
— sahifaga ijrochi xohishiga ko‘ra rang beriladi.



6666


Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin