Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020


WINDOWS OPERATSION TIZIMI



Yüklə 209 Kb.
səhifə27/74
tarix03.10.2023
ölçüsü209 Kb.
#151853
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020-www.hozir.org

WINDOWS OPERATSION TIZIMI
Windows operatsion tizimi Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan eng
ommabop boshqarish dasturlaridan biri hisoblanadi.
Uning eng birinchi versiyasi 1985-yilda Windows 1.0 nomi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi
kunga qadar 20 dan ziyod turlari yaratildi.
Windows 3.1, Windows 95, Windows 98, Windows XP, Windows Vista, Windows 7,
Windows 8, Windows 10 kabilar shular jumlasidandir.
WINDOWS — inglizcha so‘z bo‘lib, “oynalar”, “lavhalar” yoki “darchalar” ma’nosini anglatadi.
Operatsion tizimning bunday nomlanishi undagi barcha dasturlar, fayl va papkalar oynachalar
ko‘rinishida namoyon bo‘lishidadir. Demak, operatsion tizimlar foydalanuvchiga kompyuter
bilan ishlash uchun qulay imkoniyat yaratuvchi asosiy dasturlar hisoblanadi.
WINDOWS ISH STOLI 
Windows operatsion tizimi ishga tushirilganda monitorda
hosil bo‘ladigan ko‘rinish “ish stoli” deb ataladi. Ish stolida
foydalanuvchilarga eng zarur va ularga tez murojaat qilish
mumkin bo‘lgan dastur yorliqlari hamda papkalar joylashgan.
Windows 7 - ПУСК tugmachasi bilan ishlaydigan oxirgi
versiya hisoblanadi. Chunki keyingi versiyalarda ish stoli
“Fayl”lar deb nomlangan panellar orqali boshqariladi.
Ish stoli (Wnidows 10)
BOSH MENYU VA ISH STOLINING
TASHKIL ETUVCHILARI
Kompyuter xotirasida 100 dan ziyod turli amaliy hamda utilit
dasturlar saqlanadi. Kerakli dasturlarni “Bosh menyu” deb
ataluvchi piktogramma orqali qidirib, ishga tushirish mumkin
Windowsning turli versiyalarida bosh menyu piktogrammasi ham
turli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.



40
III BOB. 


KOMPYUTER DASTURLARI 
Mening kompyuterim yorlig‘i ichki va tashqi xotiralarga murojaat qilish va tizimga
taalluqli masalalarni hal qilish uchun xizmat qiladi.
Mening hujjatlarim yorlig‘i kompyuternig ish dasturlarida yaratilgan hamda
boshqa manbalardan ko‘chirib olingan hujjatlarni saqlashga mo‘ljallangan papkani
ishga tushirishga xizmat qiladi.
Internet Explorer yorlig‘i internetga ulanish va unda ishlashni ta’minlovchi brauzer
hisoblanadi.
Kompyuter tarmoqlari yorlig‘i lokal tarmoqqa ulangan kompyuterlar bilan aloqani
ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Savatcha yorlig‘ining vazifasi ortiqcha yoki keraksiz ma’lumotlarni saqlab turuvchi
papkani ishga tushirish uchun xizmat qiladi.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin