42
III BOB.
KOMPYUTER DASTURLARI
11-dars. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI
Ma’lumki, foydalanuvchi kompyuterda nafaqat turli hujjatlarni, shuningdek, rasm, musiqa,
klip, film va taqdimotlar hamda turli o‘yin dasturlarini ham saqlab qo‘yadi.
Inson xotirasidan
farqli ravishda, kompyuterlar bu qadar ko‘p ma’lumotni o‘z xotirasida qanday saqlay oladi?
Buncha ma’lumotni chalkashtirib yubormaydimi? Bu savolga javob topish uchun biz fayl
tushunchasi bilan tanishib olishimiz kerak.
Faraz qiling, Siz kutubxonadasiz. U yerda
kitoblar qanday ketma-
ketlikda joylashgan? Kerakli kitobni zudlik bilan topishi
uchun
qanday qidiruv tizimi o‘ylab topilgan?
Birinchidan, har bir kitobga raqamlar qo‘yilgan;
Ikkinchidan, kitoblar sohasiga (fanlarga) ko‘ra alohida tokchalarga
ajratilgan;
Uchinchidan, “katalog” deb nomlanuvchi qutichalar yaratilgan.
Bu qutichalarda shu
kitoblarning raqami va qaysi tokchada joylashgani yozib qo‘yilgan. Demak, kitoblarni tez
qidirib topish uchun ularni tartiblangan holda saqlash zarur ekan. Kompyuter xotirasidagi
ma’lumotlar ham tartiblangan holda saqlanadi va ular fayllar deb nomlanadi.
Fayl — kompyuterning biror tashqi xotirasida umumiy
bir nom bilan saqlangan har
qanday ma’lumotdir.
Tashqi xotiralarga: yumshoq (magnit) disklar, qattiq disk (Vinchester), Flesh-disk, CD-disk,
DVD-disklar, memory-kart va flesh-xotiralar kiradi.
Fayl nomi 2 qismdan iborat bo‘lib, bir-biridan nuqta bilan ajralib turadi. 1-qism uning nomi,
2-qism esa uning kengaytmasi hisoblanadi. Masalan: Referat.docx yoki ro‘yxat.txt.
Fayl nomini foydalanuvchu o‘z xohishiga ko‘ra nomlasa, kengaytmani dasturning o‘zi
avtomatik tarzda belgilaydi. Chunki har bir dasturning o‘z kengaytmasi (formati) mavjud.
Fayllar, shuningdek bir-biridan atribut va parametrlari bilan farqlanishi mumkin.
Atributlar: • Arxivlangan • Tizimli • Yashirilgan • Faqat o‘qish uchun
Parametrlar: • O‘lchami • Yaratilgan sanasi • Oxirgi o‘zgartirilgan vaqti
Dostları ilə paylaş: