Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021


III BOB.  INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
112
1. Nima uchun yoshlar Internetdan foydalanishni yaxshi ko‘radi?
2. Internet xavf-xatarlari deganda nimani tushunasiz?
3. Internetda qanday xavf-xatarlar mavjud?
4. Internetdagi ma’lumotlar ishonchlimi? Nima uchun? 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Internetning salbiy ta’sirlari. 
Juftliklarga bo‘lining. Internetga tobelik belgilari asosida sinfdoshingizning Internetga 
bog‘lanib qolgan yoki qolmaganligini aniqlang. Yana qanday fe’l-atvorlar Internetga bog‘lanib 
qolganligini ko‘rsatadi?
2. Internetga bog‘lanib qolish muammolarini bartaraf etish.
Bunday holatdan chiqish uchun sinfdoshingizga qanday tavsiyalar berasiz? Tavsiyalaringizni 
yozing.
UYGA VAZIFA
Quyida ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan ikki nafar foydalanuvchi profilida ko‘rsatilgan 
ma’lumotlar berilgan. Ular bilan tanishib chiqib, bu ma’lumotlarning ijtimoiy tarmoqlarda 
ko‘rsatilishi qanchalik to‘g‘ri ekanligini tahlil qiling.
Barchaga salom! Men Toshkent shahrida umumta’lim maktablarining 
birida o‘qiyman. Menga avtomashinalar suratini yig‘ish, bo‘sh 
vaqtlarimni sport bilan o‘tkazish yoqadi. Orzularimdan biri yaxshi 
muhandis bo‘lish. Bu soha men uchun xobbi desam ham bo‘ladi.
1-foydalanuvchi profili ma’lumotlari
Men, Lola Asilova, 11 yoshdaman. Toshkent shahrida istiqomat qilaman. 
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Rakat mahallasidagi hovlilardan birida 
ota-onam, ukam va singlim bilan turaman. Men 443-maktabda o‘qiyman. 
Mening orzuyim – yaxshi dizayner-stilist bo‘lish. Shu kunga qadar bir nechta 
moda variantlarini yaratganman, ularni shaxsiy saytimda ko‘rishingiz mumkin: 
www.dizaynerlola.com. Dizayn va moda sohasidan tashqari dugonalarim bilan sayr qilishni xush 
ko‘raman. Dugonalarim ichida eng yaqinlari – Sanobar va Komila. Sanobar mahalladoshim, u 
ham men kabi 11 yoshda. Bo‘sh vaqtlarimizda biz Bobur sayilgohiga velosiped haydagani borib 
turamiz. Elektron pochta manzilim: lolaasilova@gmail.com; telefon raqamim: +99897 777 77 77.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin