Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021


Audiofaylni konvertatsiya qilish



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

Audiofaylni konvertatsiya qilish
– audiofayl formatini o‘zgartirish jarayoni. 
Audiofaylni konvertatsiya qilish nima uchun kerak?
Deylik, Internetdan olingan audioni taqdimotga qo‘yish kerak, ammo taqdimot muharriri bunday 
formatdagi audiofaylni qabul qilmaydi. Bunday holatda fayl formatini o‘zgartirish zarurati tug‘iladi.
Audiofayllarni konvertatsiya qilish uchun ham audiomuharrirlardan foydalaniladi. Audiomuharrirlar 
audiofayllarni turli formatlarda saqlash imkonini beradi. Demak, konvertatsiya qilish uchun 
audiofaylni bitta formatda yuklab olish, so‘ngra boshqasida saqlash kifoya.
Raqamli audio va videoyozuvlar sifatining asosiy parametri 
Bitrate 
deb ataladi. Bitrate sekundiga 
kilobit (kbit/s yoki kbps) bilan o‘lchanadi. Bitrate qanchalik yuqori bo‘lsa, yozuv sifati ham, fayl hajmi 
ham shunchalik katta bo‘ladi. 
Bitrate va MP3 formatidagi ikki kanalli audioyozuvlar sifati o‘rtasidagi munosabatlar:
32 kbps – diktofonlarda ovoz yozish sifati; 
96 kbps – aloqa kanallari orqali past sifatli ovoz yozish sifati
192 kbps – musiqani yozish uchun maqbul sifat darajasi;
256 kbps – musiqani yozish uchun yuqori sifat;
320 kbps – MP3 formatida qo‘llab-quvvatlanadigan eng yuqori audio sifati.
Audiofayllarni qayta ishlashning ikki turi mavjud: tahrirlash va konvertatsiya qilish. 
Audiofayl formatini konvertatsiya qilish uchun 123apps.com saytiga kiriladi. 
1. Konvertatsiya bo‘limiga o‘tish uchun:
1-usul.
Menyular qatoridan “Converters” 

“Audio Converter” tanlanadi 
(1)

2-usul.
Sichqoncha orqali sahifaning pastiga tushiladi va “Converters” tarkibidan “Audio 
Converter” tanlanadi 
(2)
;
Audio faylni konvertatsiya qilish
1


123
2. Konvertatsiya qilinishi kerak bo‘lgan fayl “Open files” orqali yuklab olinadi 
(3)

3. O‘tkazilishi kerak bo‘lgan fayl formati tanlanadi 
(4)
.
4. Fayl sifati “Quality” lentasida o‘zgartiriladi 
(5)

5. Asosiy sozlovlarni ko‘rish hamda o‘zgartirish uchun “Advanced settings” tanlanadi 
(6)
. Hosil 
bo‘lgan oynada “Bitrate”, kanal va boshqalar o‘zgartirilishi mumkin 
(7)
.
6. “Edit track info” yordamida ushbu fayl nomi, albom nomi, yili va boshqa ma’lumotlar kiritiladi 
(8)
.
2

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin