28-dars
. TAQDIMOT DIZAYNI
BILAN ISHLASH
Taqdimot shabloni
– taqdimot uchun
avvaldan yaratilgan taqdimot ko‘rinishi.
Dizayn mavzusi
(ing. themes) – matn,
grafik axborot, rang va maketlar
to‘plami.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
ESLAB QOLING!
•
dizayn mavzusi: shrift, ranglar, slayd
foni;
•
matnlar hajmi;
•
grafika (rasm, ikonkalar, shakllar);
•
multimedia (ovozli va
videoma’lumotlar);
•
jadvallar va ularga mos diagrammalar.
Taqdimot dizaynini tanlashda
quyidagilar nazarda tutiladi:
Taqdimotga dizayn mavzusini tanlash tartibi
1
2
3
Конструктор” menyusining “Варианты”
(2)
bandi orqali tanlangan dizayn mavzusi uchun fon rangi
o‘zgartiriladi.
“Конструктор” menyusining “Настроить”
(3)
bandi orqali slayd o‘lchamini o‘zgartirish hamda uni
turli ko‘rinishdagi rangga bo‘yash mumkin.
135
Taqdimotdagi slaydlar soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar, tanlangan dizayn mavzusini barcha
slaydlar uchun qo‘llash mumkin. Agar uni faqat tanlangan bitta slayd uchun qo‘llash kerak bo‘lsa,
u holda kerakli dizayn mavzusining kontekst menyusidan “Применить к выделенным слайдам”
buyrug‘i tanlanadi.
“Конструктор”
→
“Настроить”
→
“Формат
фона” amallarini tanlash orqali slayd fonini turli
usulda bo‘yash imkoniyati mavjud.
Slayd foniga kompyuter xotirasida joylashgan
rasmni joylashtirish uchun “Рисунок или
текстура” buyrug‘i tanlanadi.
Internetdan olingan shablonlar bilan ishlash
MS PowerPoint dasturining “Конструктор” menyusidagi mavjud shablonlar juda ko‘p marta
foydalanilganligi sababli, ular orqali taqdimotga qiziqish uyg‘otish ancha qiyin kechadi. Xo‘sh,
u holda omma e’tiboriga ko‘p tushmagan, qiziqarli ko‘rinishga ega shablonlarni qayerdan olish
mumkin? Albatta, Internetdan. Yangi shablonlarni Internet sahifalaridan bepul yuklab olish mumkin
bo‘lgan bir necha sayt mavjud.
MS PowerPoint taqdimotlariga shablon yuklab olish uchun www.powerpointbase.com saytidan
foydalanish mumkin. Saytda ro‘yxatdan o‘tilgach, kerakli shablon tanlanadi
(1
2)
hamda shablon
kompyuterga yuklab olinadi
(3)
.
|