149
Taqdimotning bir slaydidan undan avvalgi yoki keyingi slaydga, birinchi yoki ixtiyoriy slaydga
gipermurojaat yordamida o‘tishni tayyor shakllar yordamida ham amalga oshirish mumkin.
Buning uchun quyidagi amallar bajariladi:
1) “Вставка”
(1)
→
“Фигуры”
(2)
buyrug‘i tanlanadi;
2) “Фигуры” oynasining eng quyi qismida “Управляющие кнопки”
(3)
bo‘limi mavjud bo‘lib, kerakli
boshqaruv tugmachasining shakli sichqoncha yordamida belgilanib olinadi;
3) so‘ngra sichqonchaning chap tugmachasini bosib turgan holda slaydga tanlangan boshqaruv
tugmachasining shakli joylanadi
(4)
;
Asosiy foydalaniladigan boshqaruv tugmachalari va ularning vazifalari:
“Назад” yoki “Предыдущий” nomli boshqaruv tugmachasi – avvalgi slaydga qaytish
uchun;
“
Вперед” yoki “Следующий” nomli boshqaruv tugmachasi – keyingi slaydga o‘tish
uchun;
“На главную” boshqaruv tugmachasi esa asosiy, birinchi slaydga o‘tish uchun
foydalaniladi
Yuqorida keltirilgan ixtiyoriy tugmacha tanlanib, slaydga
qo‘yilganda, ushbu tugmachani bog‘lash lozim bo‘lgan slayd
gipermurojaati paydo bo‘ladi. Oynada keltirilgan gipermurojaat
orqali o‘tish
(1)
tugmachasi yordamida slayd manzilini o‘zgartirish
mumkin.
1. Avvalgi dars mashg‘ulotlarida yaratilgan taqdimotni oching. Taqdimotning titul slaydidan
keyin yana bitta slayd qo‘shing va “Mundarija” so‘zini sarlavha qismiga kiriting. Slaydning
quyi qismida:
•
rasmlar;
•
shakllar;
•
jadvallar.
ko‘rinishidagi ro‘yxatni shakllantiring. Keyingi slayddan boshlab ketma-ket uchta slaydni joylang
va ularni ro‘yxat kabi nomlang. Gipermurojaat orqali mundarijadagi rejalarni nomiga mos
slaydlar bilan bog‘lang.
Dostları ilə paylaş: