141
AMALIY MASHG‘ULOT
Bu qiziq.
Ekranni tasvirga olishda “PrtSc (Print Screen)” tugmachasidan foydalanish mumkin.
Buning uchun tasvirga olinishi kerak bo‘lgan oyna ochiladi va klaviaturadan “PrtSc (Print Screen)”
tugmaсhasi bir marta bosiladi. Natijada, olingan tasvir vaqtinchalik kompyuter xotirasiga saqlanadi.
Ushbu tasvirni slaydga joylashtirish uchun esa “Ctrl + V” tugmachalari
kombinatsiyasi yoki
“Вставить” buyrug‘i tanlanadi.
1. MS PowerPoint dasturini ishga tushiring. Avvalgi mashg‘ulotda yaratilgan faylni ishga
tushiring. Ixtiyoriy usulda taqdimotga ikkita slayd qo‘shing.
2. Yaratilgan taqdimotning ikkinchi slaydiga MS Word
dasturini
ishga tushirgan holda in
terfeys tasvirini
“Вставка”
→
“Снимок” buyruqlari yordamida
joylang.
3. “Работа с рисунками” menyusidagi “Стили
рисунков” bo‘limidan
tasvir uchun ixtiy
oriy stilni
tanlang. Tasvir o‘lchamini o‘zgartiring: eni uchun
15 cm, bo‘yi uchun 3 cm ni belgilang. O‘zgarishni
asoslang.
1
2
3
Tasvirga hoshiya o‘rnatish tartibi
V BOB.
TAQDIMOTLAR YARATISH TEXNOLOGIYASI
142
4.
Ekran rasmi slaydga joylangach, “Стили рисунков” bandi yordamida uning chetki qismiga
hoshiyani joylashtiring.
5. Tayyorlangan taqdimotga yangi slayd qo‘shing. Ushbu slaydga ixtiyoriy usulda 4
ta ustun
va 5 ta satrdan iborat jadvalni joylashtiring.
6. Yaratilgan jadvalni sinfdagi 5 nafar o‘quvchi bo‘yi
va vazniga oid ma’lumotlar asosida to‘ldiring.
7. Taqdimotga yangi slayd qo‘shing. Ushbu slaydda
yuqorida joylashgan ma’lumotlar
asosida ikkita
yonma-yon diagramma yarating. Bunda “Maket”
buyrug‘idan “Два объекта” maketini tanlash tavsiya
etiladi. Birinchi diagrammani bo‘y o‘lchamiga,
ikkinchisini esa vaznga oid ma’lumotlar
asosida
yasang.
Dostları ilə paylaş: