SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
AMALIY MASHG‘ULOT
155
33-dars. AMALIY ISH. LOYIHA ISHI
1. Sinfdagi o‘quvchilar uchta guruhga bo‘linadi:
1-guruh “Smartfonlardan foydalanishning yutuq va kamchiliklari”;
2-guruh “Apple va Samsung mahsulotlari” mavzusida taqdimot yaratadi;
3-guruh ekspert guruhi sifatida ikkala guruh taqdimot namoyishi yuzasidan fikr bildiradi –
ular yo‘l qo‘ygan yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tadi.
2. “Mening oilam” mavzusida foto-slayd yaratish. Taqdimotda faqat rasm, matn va
animatsiyadangina foydalanish mumkin.
3. “Mening maktabim” mavzusida taqdimot yaratish. Taqdimot slaydida maktabingiz rasmi
bo‘lishi lozim.
O‘ylab ko‘ring, buni qanday amalga oshirish mumkin?
4. “Milliy texnik mahsulotlar” mavzusida taqdimot yaratish. Taqdimot slaydida uyingizda
foydalanayotgan qandaydir milliy texnik (maishiy) mahsulotning afzalliklari haqida sizning
ovozli fikringiz joy olgan bo‘lishi lozim.
34-dars
. NAZORAT ISHI
1. O‘zaro moslikni o‘rnating.
Menyu nomini u bajarishi mumkin bo‘lgan amallar bilan o‘zaro birlashtiring:
Вставка
slayddagi matnni formatlash
Главная
slayd uchun shablon tanlash
Конструктор
slaydlarga o‘tish effektini tanlash
Переходы
slaydlarga diagramma joylash
Анимация
obyektlarga harakat berish
2. O‘zaro moslikni o‘rnating:
Слайд-шоу
аlohida joylashgan slaydlarni yaratish va ularni tahrir etishga
mo‘ljallangan.
Обычный
ishchi maydonda
slaydlar maketi joylashgan bo‘lib, ushbu rejimda
taqdimotdagi slaydlar joyini o‘zgartirish, o‘chirish va nusxalash kabi
amallarni bajarish mumkin.
Сортировщик
слайдов
taqdimotlarni namoyish etishda foydalaniladi. Bu rejim tanlanganda,
slaydlar ekranni to‘liq egallaydi.
|