153
Obyektga joylangan animatsiyani sozlash
Obyektga animatsiya joylanganidan keyin uning ayrim parametrlarini sozlash imkoniyati
mavjud:
1) tanlangan animatsiya parametrini o‘zgartirish uchun “Анимация”
→
“Параметры эффектов”
ko‘rsatmasi tanlanadi yoki ixtiyoriy ko‘rinishni
tanlash mumkin
(4)
;
2) animatsiyaning harakatga kelishini boshqarish (vaqt yoki tugmachani tanlash orqali), bir necha
animatsiyani harakatlantirish tartibini o‘zgartirish kabi amallarni “Область анимации”
(1, 2)
buyrug‘ining
kontekst menyusi
(3)
orqali amalga oshirish mumkin.
1
2
3
4
1
2
3
4
V BOB.
TAQDIMOTLAR YARATISH TEXNOLOGIYASI
154
UYGA VAZIFA
1. 31-darsdagi 1-amaliy mashg‘ulotda yaratilgan taqdimot faylini oching. 2–4-slaydlarga
mavzuga oid rasmlarni joylang. Rasmlarga quyidagi formatdagi animatsiyalarni qo‘llang:
“Вход” – “Масштабирование”;
“Начало”– “После предыдущего”.
2. Taqdimotga yangi slayd joylashtiring. Unga “Mening hududimdagi tabiat – mening
himoyamda” deb nomlangan matn kiriting. Matnga quyidagi animatsiya effektlarini qo‘llang:
“Выделение” – “Пульсация”;
“Выход” – “Панорама”;
“Начало”– “После предыдущего”.
3. Taqdimotdagi slayd almashinishiga o‘tish effektini joylang:
effekt: “Галерея”;
effekt uchun parametr: “Слева”.
4. Tanlangan va sozlangan o‘tish effektini barcha slaydlarga qo‘llang.
1. O‘tish effekti va uni sozlash deganda qaysi amallar tushuniladi?
2. Animatsiya so‘zini tushuntiring?
3. Kundalik hayotda duch kelgan elektron animatsiyalarga namuna yozing.
4.
Sizningcha, animatsiya taqdimot slaydining yanada jozibali bo‘lishiga yordam beradimi?
1. Avvalgi uy vazifasida yaratilgan taqdimot faylini oching. “Значки” buyrug‘idan foydalanib,
slaydlarning o‘ng yuqori burchagiga ixtiyoriy logotip joylang
va unga quyidagi formatdagi
animatsiyalarni qo‘llang:
2) “Вход” – “Панорама”;
3) “Выделение” – “Пульсация”.
2. Amaliy mashg‘ulotdagi 1-topshiriq uchun yaratilgan taqdimotga “Двери” nomli o‘tish
effektini “Длительность” uchun 3 sekund belgilab joylashtiring.
Dostları ilə paylaş: