Va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 132,21 Kb.
səhifə2/8
tarix22.12.2023
ölçüsü132,21 Kb.
#190588
1   2   3   4   5   6   7   8
ABN kurs ishi 20

1. USLUBIY KO‘RSATMALAR


1.1. Vazifa:



  1. Berilgan aniqlikni ta’minlaydigan sistemani uzatish koeffitsientini hisoblash.

  2. Zaruriy elementlardan tashkil topgan chiziqli sistemaning turg‘unligini tahlil qilish.

  3. Sistemaning zaruriy logarifmik amplitudaviy xarakteristikasi (LAX) parametrlarini hisoblash.

  4. Korrektlovchi qurilmalarni tanlash va hisoblash.

  5. Korrektlangan ABSning xatoligini va EHM yordamida o‘tkinchi jarayonini hisoblash.

  6. Berilgan nochiziqli sistemani garmonik balans usuli bo‘yicha tahlil qilish.



1.2. Qisqacha uslubiy ko‘rsatmalar



  1. Sistema aniqligiga qo‘yilgan talab asosida berilgan strukturaviy sxema uchun kuchaytirgichning kerakli uzatish koeffitsienti hamda ochiq va berk sistema uchun uzatish funksiyalari aniqlansin. Turg‘unlikning chastotaviy mezoni yordamida berk sistemaninig turg‘unligi EHMda aniqlansin hamda ochiq sistemaning LAX va LFXsi orqali o‘tkinchi jarayon sifatiga baho berilsin.

  2. Sistema sifatiga qo‘yilgan talablar orqali ochiq va zaruriy sistemaning LACHXsi hamda LFCHXsi qurilsin.

  3. Korrektlovchi elementning LAXsi topilsin; prinsipial sxemasi tanlansin va parmetrlari hisoblansin.

  4. Korrektlangan ochiq sistema LACHXsi va LFCHXsi qurilsin va ular asosida o‘tkinchi jarayon sifati baholansin. Struktur sxema qurilsin va EHMda o‘tkinchi jarayon hisoblansin. O‘tkinchi funksiya orqali sistemaning sifat ko‘rsatkichlari hisoblansin.

  5. Korrektlangan sistemaning xatolik bo‘yicha uzatish funksiyasi topilsin va qaror rejimda xato quyidagi kirish ta’sirlarida hisoblansin.



a) x(t)=1(t); b) x(t)=t; v) x(t)=t2



  1. Nochiziqli sistemaning strukturaviy sxemasi tuzilsin (Berilgan chiziqli sistemadagi kuchaytirish elementi tegishli statik xarakteristikali nochiziqli element bilan almashtiriladi). Sistemaning chiziqli qismi uchun AFXsi va nochiziqli zveno uchun ekvivalent AFXsi hisoblanadigan ifoda topilsin (1-ilova).

  2. Sistemada avtotebranishlar hosil bo‘lish imkoniyati hamda uning amplituda va chastotasi topilsin. Avtotebranishlar turg‘unligi va parametrlarini aniqlash uchun Goldfarb usulini qo‘llash mumkin. Hisoblash aniqligini oshirish uchun va xarakteristikalar kesishish nuqtalari atrofida kattaroq masshtabda alohida qurilishi lozim.

  3. Fazoviy traektoriyalar ( -rostlanadigan miqdorni berilgan qiymatni chetlanish)ni tenglamalari tuzilsin. Berilgan boshlang‘ich shartlar asosida sistemani fazoviy traektoriyalari chizilsin va chiziqsiz sistemani ishini tahlili amalga oshirilsin.

Hisoblarni tushuntirishda fikrni aniq ifodalashga alohida e’tibor berish zarur. Qisqartma nomlar birinchi marta ishlatilishida to‘liq yozilishi kerak. Rasmlar tagida ularning mazmunini aks ettiruvchi yozuvlar hamda ketma-ketlik tartibi bo‘lishi shart. Berk sistemaning o‘tkinchi jarayon grafigi. Adabiyotlarga ilova [1] tarzida beriladi.
Tushuntirish xatida materiallarni joylashtirish tartibi: Muqova (2-ilova), topshiriq (3-ilova), o‘qituvchi imzolagan kurs ishi vazifasi, kirish, hisob qismi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, mundarija.



Yüklə 132,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin