2. KURS ISHIGA TOPSHIRIQLAR
2.1. Berilgan chiziqli uzluksiz sistema strukturaviy sxemalari:
Vazifa №1
Nochiziqli sistemani tekshirishda T1 vaqt doimiysi e’tiborga olinmaydi.
Nochiziqli sistemani tekshirishda oxirgi zveno hisobga olinmaydi.
2.2. Berilgan sistema parametrlari va loyihalanayotgan sistemaga qo‘yilgan shartlar:
a) chiziqli qism parametrlari elementlarini (uzatish koeffitsientlari, vaqt doimiylari);
b) sistemaning kirish ta’siri miqdori;
v) nochiziqli element parametrlari;
d) sistemaga qo‘yilgan talablar (xatolik miqdori, o‘tkinchi jarayon vaqti, o‘ta rostlash qiymati).
3. KURS ISHINI BAJARISHGA MISOL
3.1. Chiziqli ABSni tahlili va sintez qilish
Vazifa №1
Variant№ 20
Hisoblash uchun berilgan:
a) strukturaviy sxemasi
b) elementlarning uzatish koeffitsientlari:
K2=20; K3=3,9 grad/s;
v) elementlarning vaqt doimiyligi:
T1=0,08 s; T2=0,35 s;
g) kirish signalining o‘zgarish tezligi:
grad/s;
d) sintez qilinayotgan sistemaga talablar:
tezlik xatoligi ≤ 0,2 grad/s;
o‘tarostlash qiymati δ ≤ 27 %;
o‘tkinchi jarayon vaqti ≤ 0,3 s.
tip – V, c=9
3.1.1. Berilgan aniqlik asosida sistemaning va oldingi kuchaytirgichning zaruriy uzatish koeffitsientlarini aniqlash
Sistemaning zaruriy uzatish koeffitsienti berilgan strukturaviy sxema uchun quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
=105
Statik sistemalar uchun:
, (1)
bunda: x – kirish ta’sir miqdori, – statik xatolik qiymati. Berilgan son qiymatlarini qo‘yib, s ni topamiz.
Kuchaytirish elementining uzatish koeffitsienti quyidagicha topiladi:
. (2)
Son qiymatlarni qo‘yib, K1=1.3 ni topamiz.
3.1.2. Sistemaning uzatish funksiyalarini topish va turg‘unlikning chastotaviy mezoni asosida sistemaning turg‘unligini tahlil qilish [1–3,5]
Berilgan sistemaning uzatish funksiyalari quyidagi formulalardan topiladi:
(3)
, (4)
bu yerda =20*3.9*1.3=101.4
Berilgan sistemaning turg‘unligini tekshirish uchun ochiq sistemaning AFXsi quriladi. AFXni EHMda hisoblash mumkin.
AFX quyidagi tartibda hisoblanadi:
(5)
Keyin chastota ga 0 dan ∞ gacha qiymatlar berilib, AFX quriladi va Naykvist mezoni bo‘yicha berk sistemaning turg‘unligi aniqlanadi. Ushbu sistemada:
; (6)
;
.
Chastota ni 0 dan ∞ gacha o‘zgartirib, ochiq sistemaning AFXni quramiz (1-rasm). Rasmdan ko‘rinib turibdiki, ning koordinatalari nuqtani qamrab olgan. Demak, berilgan berk sistema noturg‘undir.
Dostları ilə paylaş: |