Va innovatsiyalar vazirligi


Mavzuning o‘ganilish darajasi



Yüklə 325,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü325,96 Kb.
#211307
1   2   3   4   5   6   7   8
Adolat manzili kurs ishi

Mavzuning o‘ganilish darajasi. 
Odil Yoqubov adabiyotga oshno bo‘lishida : 
qiyinchiliklar bilan o‘tgan bolalik, o‘smirlik yillari, umri davomida uchragan, 
uchratgan insonlar, turli-tuman taqdirlar, ularning dardlari, tashvishlari, o‘ylari, 
orzulari va armonlari ichida bo‘lish, xalq dardi bilan yashash sababchi bo‘ldi desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Odil Yoqubov ijodi o‘zining dastlabki qadamlaridanoq adabiyotshunoslarning 
nazariga tushgan. Bugungi kungacha, yozuvchining eng so‘ngi asarlari 
yaratilguncha bo‘lgan oralig‘da uning hikoya, qissa, roman, dramalari tahlili va 
talqiniga bag‘ishlangan juda ko‘plab ilmiy maqolalar, risolalar tahlilga tortgan 
“Adolat manzili” romani va undagi qahramonlar talqiniga bag‘ishlangan ilmiy 
ishlarning o‘zi anchagina. Jumladan, U. Normatov, I. Yoqubov, U.Hamdam roman 
va uning personajlari haqida va u yaratilgan davr, ijtimoiy hayot haqida aytilgan 
fikrlari shular jumlasidandir. Yozuvchining ijodiga uning turli janrdagi asarlariga 
berilgan umumiy baho U. Normatov, Y. Solijonov, A. Nosirov , M. 
Xudoyberganov, M.Qo‘shjonov, O. Sharafiddinov, A. Rasulov kabilarning ilmiy 
maqolalarida o‘z haqqoniy bahosini topgan . Bundan tashqari umumta’lim 
2
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T.; “Ma’naviyat”, 2008, 138-140-b.



maktablarining 6-sinfida, hamda akademik litseylar uchun yaratilgan III kurs 
“Adabiyot” darsliklaridan, unversitetlar va pedagogika institutlarining filologiya 
fakultetlari talabalari uchun yaratilgan, “XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi” 
darsliklaridan, U. Normatovning “Yangi o‘zbek adabiyoti” o‘quv qo‘llanmalaridan 
ham yozuvchi ijodiy faoliyati, nasrning hikoya, qissa, roman janrining yetuk ustasi, 
o‘zbek dramaturgiyasi va puplitsistikasining betakror vakili sifatidagi faoliyati o‘z 
aksini topgan.

Yüklə 325,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin