Va innovatsiyalar vazirligi


Odil Yoqubov ijodida jamiyat muammolari



Yüklə 325,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü325,96 Kb.
#211307
1   2   3   4   5   6   7   8
Adolat manzili kurs ishi

1.2.Odil Yoqubov ijodida jamiyat muammolari 
Odil Yoqubovning tetrilogiyasi deb atalayotgan “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq 
qushlar”, “Adolat manzili” romanlarida xalqning Normurod Shomurodov, Rasul 
Nurridinov va veteran Sherbo‘ta Norbo‘tayev kabi umrini partiya manfaatlariga 
bag‘ishlagan kishilarning yolg‘on va puch g‘oyalariga qo‘yinlarini o‘ldirib 
o‘tkazgan umrlari besamar ketgandan achchiq iztirob chekadilar bu qahramondan, 
avvalo, har bitta xalq vakilining dard adibni larzaga soladi. Shu munosabat bilan 
yuqoridagi asarlar dunyo yuzini ko‘radi. Adib bunday betakror tarix namunalarini 
keltirsh, faktlari yig‘ish uchun yetarli imkoniyatga ega edi.
Adib uzoq yillar “Literaturnaya gazeta”ning O‘zbekistondagi muxtori bo‘lib 
ishladi. Adibning o‘z ham bu gazetada faoliyat yuritgan kezlarini shunday eslaydi. 
“Bu davrda men gazetaning topshiriqlariga binoan respublikamizni boshdan oyoq 
aylanib chiqdim, oddiy paxtakor o‘lkamizning hayoti va tashvishlarini o‘z ko‘zim 
bilan ko‘rdim, yaxshilikning ham yomonlikning ham guvohi bo‘ldim, birda 
adalotni tiklashga baholi qudrat xizmat qildim”.
Yordam berishga ojizlik qilganda esa xalqning dardi, isteroblari adibning 
yuragiga indi, uning dardlariga iztiroblariga aylandi. Uning nutqida alanga 
tinglovchilar qalbini jumbushga qalqilshga majbur qiladigan harorat yillar 
davomida adibni o‘rtab kelgan alamlardan nishona emasmidi?
Odil bir qator hamkasblari ustozlari bilan bo‘ladigan gurunglarda, o‘zaro 
munozaralarda ham bu to‘g‘rida ko‘p gapirar ammo bu gaplar tor xonlarda qolib 
ketar, keng maydonlarga, erkin havolarga chiqolmas va shuning uchun dardlar 
haqida har qancha gapirsang ham, bu unga qanoat tuyg‘usini bermas, nochorlik va 
ojizlik vajidan qalblardagi alamlar yanada burqsir edi-yu kamaymasdi. Ne ajabki, 
Odilning nutqida o‘sha gurunglardan olgan quvvati ham zuhur etganday bo‘ldi. 
Qolaversa, o‘sha kuni ekranda ko‘zimga g‘alati bir manzara ko‘rindi – nazarimda, 
jo‘shib - to‘lqinlanib gapirayotgan Odil minbarda yolg‘iz emasday ko‘rindi. Uning 
orqasida zaldagilarning hech qaysisiga ko‘rinmay Odil bolaligidan asarlarni sevib 
o‘qigan ulug‘ adib Abdulla Qodiriy va ulug‘ ustoz Abdulla Qahhor turganday edi. 
Odil ularning ham aytilmay qolgan dardlarini aytganday Abdulla Qodiriy 
va 


16 
Abdulla Qahhor ma’qullashib ”Barakalla Odiljon” deya yelkasiga qoqib dalda 
berib turganday edi.
Shundan keyin men Odildagi buyuk jasoratni qayerdan kelganini anglaganday 
bo‘ldim – u nutqining mazmunini tuzganida ham minbardan turib uni butun olam 
eshitadigan darajada hayqirib gapirganda o‘zining qadrdon xalqiga, shu xalqning 
farzandlariga bo‘lgan buyuk ziyolilarning an’analariga tayangan ekan.bilan butun 
130 yillik tarixda oyoqosti qilingan, ezilgan, toptalgan millat qaddini ko‘targan 
uchinchi inson bo‘ldi (1921-yilda Cho‘lpon, 1923-yilda Akmal Ikromov) shunday 
jasorat ko‘rsatgan edilar. Shu kundan etiboran mustamlaka xalq dilida ozodlik 
tuyg‘usiga nishona berilgandek bo‘ldi. bunday buyuk jasorat esa haqiqiy millat 
parvar, o‘z xalqi dardini o‘ziniki qilib olgan ijodkor uchun butun hayoti 
davomidagi, asarlaridagi eng asosiy xulosalar bosh mantiq Kremeldagi mana shu 
majlislar zalida irod qilingan edi. Ozod Sharafiddinov, Odil Yoqubovning bu 
nutqini adib butun boshli ijodidan ustin qo‘yganda biroz taajjubga tushgan edi. 
Axir, shuncha yaratilgan asarlar birgina shu nutq ostiga yashiringan bo‘lsa, yuruk 
dardlari shu nutqqa to‘kilgan bo‘lsa, bunday holning yuz berishi tabiiy emasmi? 
7
Adib bu nutqi 
bilan butun 130 yillik tarixda oyoqosti qilingan, ezilgan, toptalgan 
millat qaddini ko‘targan uchinchi inson bo‘ldi (1921-yilda Cho‘lpon, 1923-yilda 
Akmal Ikromov) shunday jasorat ko‘rsatgan edilar.
Shu kundan etiboran mustamlaka xalq dilida ozodlik tuyg‘usiga nishona 
berilgandek bo‘ldi. bunday buyuk jasorat esa haqiqiy millat parvar, o‘z xalqi 
dardini o‘ziniki qilib olgan ijodkor uchun butun hayoti davomidagi, asarlaridagi 
eng asosiy xulosalar bosh mantiq Kremeldagi mana shu majlislar zalida irod 
qilingan edi.
Ozod Sharafiddinov, Odil Yoqubovning bu nutqini adib butun boshli ijodidan 
ustin qo‘yganda biroz taajjubga tushgan edi.
Axir, shuncha yaratilgan asarlar birgina shu nutq ostiga yashiringan bo‘lsa, 
yuruk dardlari shu nutqqa to‘kilgan bo‘lsa, bunday holning yuz berishi tabiiy 
emasmi?
7
Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. Nutq yoxud adib hayotining yulduzli onlari. T: “Sharq”, 2004, 418-419-b.


17 
“Muqaddas”dan tortib “Adolat manzili”gacha yozilgan barcha asarlarida 
adolatsizlikning tub ildizi zamonasozlik ekani, zamonaning zamonbop 
zamondoshlari yo‘l qo‘ygan xato, kamchilik va mute’liklarga qarshi nafrat ekanini 
biz hech qachon imkor etalmoymizku? Shunday ekan biz adibning qaysi asarini 
tahlilga tortmaylik shu buyuk nutqqa borib taqalaveradi. Biz mazkur qilinayotgan 
ishimiz davomida bu nutqqa kengroq o‘rin berdikki, zero, adibning asarlarining 
faoliyati va umrining kulminatsion 
nuqtasi Ozod Sharafiddinov aytganlaridek 
rekord ko‘rsatgichga bot-bot murojaat qilaveramiz. Xulosalarini bilib 
olaveramiz. 
Odil Yoqubov XX asr o‘zbek adabiyotning betakror san’atkorlaridan. Uning 
hikoya, roman, drama, qissalarida davrning murakkab muammolari o‘zbek milliy 
harakterlari orqali aks ettirgan. “Ulug‘bek xazinasi”, “Diyonat”, “Ko‘hna dunyo”, 
“Adolat manzili”, “Bir koshona sirlari”, “Qaydasan, Moriko?”, “Osiy banda” 
singari asarlarida olam odam tabiat va jamiyat, boshqaruvchi va boshqariluvchi, 
adolat va riyo singari muammolar o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Badiiy asar 
kitobxon mulki ayni vaqtda u ijodkor ruhi, ijodkor ma’naviyati, ongi va 
munosabatini shakllantiradigan vosita. Har bir asar yozuvchi mahoratini 
charhlaydi, o‘z zamoni kishi sifatida konsepsiyasini tarbiyalaydi. Konsepsiya – 
mustahkam e’tiqod samarasidir. E'tiqodli san’atkor zinhor soxtalikni rost, ko‘z 
bo‘yamachilikni haqiqat demaydi.

Insonparvalik Odil Yoqubov ijodida milliylik va umuminsoniylikning 
mushtarakligini ta’minlaydi.
XX asr oxiri o‘zbek xalqi va O‘zbekiston hayotida siyosiy – iqtisodiy, ma’naviy – 
huquqiy va ruhiy yangilanishlar, turli qarama – qarshiliklar – u ziddiyatlar, ezgulik 
va yovuzlik to‘qnashuvi silsilasi davri sifatida tarix sahifalariga muxrlandi. 
“Adolat manzili” (1994) romanida mustamlakachilik kayfiyatidagi siyosiy – 
huquqiy kuchlarning tub usullari va nayranglarini fosh qilish orqali ularning asl 
qiyofalarni ochib tashlaydi.
9
8
Abdug`ofur Rasulov. Badiiylik bezavol yangilik. Roman poetikasi talqini. T; “Sharq”, 2007, 174-175-b.
9
Yoqubov I. Odil Yoqubov ijodida shaxs va jamiyat munosabatlari. O`zbek tili va adabiyot jurnali. 2010, 4-son.


18 
Odil Yoqubov 1988-1991-yillar davomida “Adolat manzili” romani ustida 
ishladi. Asar 1994-yili “Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilindi. O‘sha yili turk tiliga 
tarjima etilib, alohida kitob holida chiqdi. “Adolat manzili” qalamga olindi mavzu 
muammolari jihatidan “Diyonat”, “Oqqushlar oppoq qushlar” romanining mantiqiy 
davomi, “Diyonat”dan boshlangan, “Oqqushlar oppoq qushlar” da davom ettirilgan 
ma’naviy - ijtimoiy jarayonlar, muammo, jumboqlar badiiy tahlilining o‘ziga 
badiiy intixosi. Bu uch roman garchi har biri mustaqil o‘zicha tugal asar sanalsa-
da, trilogiya sifatida yaxlit holda xalqimiz tarixining muayyan bosqichini aniqrog‘i, 
dovrug‘li qizil imperiyaning yurtimizda nisbatan tincha, osoyishta nunlarda ichidan 
yemrilishi, ma’naviy inqiroziga, halokatga yuz tutish davri haqida keng tasavvur 
beradi.
10 
Biz XX asr o‘zbek adabiyotini sarhisob qilganda, ko‘pincha nimalarni qo‘lga 
kiritishimizga emas, nimaarni yo‘qotganimizga e’tibor qaratmog‘imiz kerak. 
To‘g‘ri adabiyot insonni, uning hayotini aks ettiradi. O‘zbek adabiyotining XX 
asrda bosib o‘tgan yo‘li haqida gapirmoq o‘zbek xalqining bir asrlik g‘oyat 
murakkab shodligidan qayg‘usi ko‘p bo‘lgan, iztirobli fojialarga to‘la hayoti 
haqida so‘z yuritmoqdir. Bu – kerak. Uning badiiyatiga, mahorati, saviyasi 
darajasiga baho bermoq o‘zbek ongi va turmushida fe’l –sajiyasida so‘nggi yuz 
yilda ro‘y bermagan o‘zgarishlar va hayot hodisalarini o‘zaro munosabatda 
naqadar haqqoniy va ishonchli, dardchan va ta’sirchan tasvir etilganini 
baholamoqda. Bu ham kerak. Lekin gap shundaki, yana hamma davr va 
dunyoqarashga kelib bog‘lanadi. Zamon zimistonga aylangan xalqning eng sara 
farzandlari “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, yoppasiga qatag‘on 
qilinayotgan bir paytda shodlik va baxtni kuylamoqning naqadar haqqoniyva 
vijdoniy jihatlariga borib taqaladi.
11 
Xalqimiz yuz o‘ttiz yillik mustamlaka yo‘lini 
bosib o‘tdi. Bu davr buyuk yurtning, urtning tayanchilari bo‘lan ilg‘or shaxslarni 
ko‘kartimadi. Ularni ayovsiz ta’qib tazyiq ostiga oldi. Adabiyot qoliplarning 
chiqmay qoldi. 
10
Umarali Normatov. Yangi o`zbek adabiyoti T;, “Unversitet”, 2007, 100-b.
11
Qosimov B. O`zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi. T;, “Fan va texnalogiya”, 2008, 343-b.


19 
Odil Yoqubov shu qoliplashgan adabiyotdan farqli o‘laroq, elning sara 
farzandlari haqida, jamiyatdagi bor adolatsizliklarni ochib beruvchi obrazlar 
yaratdi.
Biz tahlilga tortgan “Adolat manzili” romanida ham yangi obrazlar, yangi 
chexralar tasviri beriladiki bu asarning o‘ziga xosligini ta’min etib turadi.
Badiiy asar faqat “ulug‘” ijtimoiy maqsadlar yo‘lidagina yaratiladi, degan 
qarash bir yoqlamadir. Chunki adabiy asarni ijtimoiy qatlam yoki guruh emas, 
balki iste’dodli odam yaratadi. O‘sha iste’dodli shaxsning ko‘mglidan o‘tmagan 
ijtimoiy muammo qanchalik dolazarb bo‘lmasin, o‘z holicha badiiy so‘zga 
evrilmaydi. Negaki iste’dodli kishida ijodiy kayfiyat ilhom ijtimoiy muammo 
tufayli emas, ko‘ngil tebranishlari ruhiy muvozanatni beradigan hissiy turtki 
sababli paydo bo‘ladi. Turtkining qayerdan paydo va qachon berilishi esa 
Yurakdan o‘zga hech kimga ma’lum emas. Chunki ko‘ngilning nimadan 
tebranishini, iste’dodli shaxsning ruhiy muvozanatini nima sababli, qachon 
buzilishi va qanday shakilda moddiylashishini oldindan bilib bo‘lmaydi. Badiiy 
adabiyotgan ko‘ngil ishi bo‘lgani uchun ham unda uva muqaddas tuyg‘ular bilan 
bir qatorda, utban hissiyotlar, nozik injiqliklar, kutilmagan bo‘lg‘amlar bo‘lishi 
tabiiydir.
12
“Turtki”, “Ta’sir” – adabiyotda doim bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi. F. 
Koni ismli advokat aytib bergan oddiy bir voqea Lev Tolstoyga “Tirilish” kabi 
genial asarning yozuvchiga “Turtki” bergani ko‘pchilikka ma’lum: zamonasining 
boy-zodagonlaridan birining erkatoy o‘g‘li yosh xizmatkor qizni yo‘ldan urib 
armiyaga ketadi-yu, bir necha yildan so‘ng sudda o‘sha qizga ro‘para keladi. 
Foxisha sifatida mahkamaga tortilgan bu juvon o‘zi yo‘ldan urgan qiz ekanini bilib 
qolib, unga yordam berishga jazm qiladi… Katyusha Maslova voqeasi va obrazi 
ana shu voqea ta’sirida dunyoga keladi. “Tulki” – adib ruhiyatida uzoq vaqtlardan 
buyon to‘lqinlanib yosh tuyg‘ularini qo‘qisdan bo‘ron kabi qo‘zg‘atib, jumbushga 
keltiri yuboradiki, endi dildagilarni qog‘ozga to‘kib solmaslikdan o‘zga chora 
qolmaydi. Adabiyotshunos “Ilhom parisi” deb ataladigan hodisot, ehtimol shudir. 
12
Mustaqillik davri adabiyoti. T;, “G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”, 2006, 225-b.


20 
Ammo men bunday to‘polonchi lahzalarga kamdan-kam duch kelaman. Uncha-
buncha “turtki” o‘rnimdan qo‘zg‘atolmaydi deb javob beradi ustoz. O‘z do‘stlari, 
shogirdlari suhbatda. 
Demak, adib, asarlariga qahramonlar tanlashda ko‘proq hayotga murojaat 
qiladi, ularni o‘z atrofidan ko‘rgan kechirganlaridan topadi. Bu ko‘pchilikka xos, 
ta’limiy holder, balki, Odil Yoqubov qahramonlari hayotga yaqinligi ortiqcha 
gajakdorliklardan holi real shaxs bo‘lgani uchun ham boshqa adiblar jodiga 
qaraganda o‘zgachalik kasb etgan.
Biror bir g‘oyani yoki mavzuni qalamga olinganmi shu mavzu atrofidagi 
obrazlar xuddi ko‘z o‘ngimizda har doim ko‘radigan, eshitadigan biladigan 
kishil;ardek taassurot qoldiradi.
Ijodkorning bir guruh do‘stlari bilan bo‘lgan suhbatida yana shunday fikr 
mulohazalar o‘rtaga tashlanadiki, biz ijodkorning ochilmagan qirralarini o‘zimiz 
uchun qayta kashf etamiz.
… Odil akaning kengligi, barchaga tengligi, talantlarni qadrlashi, umidli 
yoshlarni qanoti ostiga olishi, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib, ustozlik maqomini to‘kis ado 
etishi, birovni sotmasligi , vatan baxti millat manfaati yo‘lida har qanday shaxsiy 
huzur-halovatdan voz kecha olishi, hech qachon e’toqpdiga xiyonat qilmasligi 
ko‘plar qatorida meni ham havasimni keltirdi. Shunday yashashdan ulug‘ baxt 
bormi aslida ham …
- So‘zlaringizdan ayon bo‘ladiki, adib, eng avvalo o‘zi ko‘rgan, bilgan odamlar 
o‘z boshidan kechirgan voqealar to‘g‘risida yozmas ekan, mukammal asar 
dunyoga kelmaydi. Mulohaza bildirdi. 
Pirmat aka - Ammo tasuvvur-chi? Mana misol uchun ijodingizga nazar 
tashlangan o‘quvchi Mirzo Ulug‘bek, Beruniy, Ibn Sino, Ali Qushchi singari O‘rta 
Osiyoning buyuk allomalari hayoti va fojiali taqdirlariga duch keladi. Bular 
yozuvchining beadoq tasavvuri mevalari emasmi? 
Albatta tasavvur so‘zdan boy. Oybek domla Navoiy hazrati bilan, Primqul 
Qodirov, Bobur Mirzo bilan bir dasturxon atrofida o‘tirib choyguring qilgan emas, 
Pugachyobni Pushkin tanimas edi. Mirzo Ulug‘bek yashagan davr bilan bog‘liq 


21 
voqealarni voqealarni o‘rganayotib arxiv to‘zonli orasida o‘tirgan paytlarimda, bu 
ulug‘ alloma menga o‘z otamday, o‘z og‘amday bo‘lib qoldi, uning o‘ylari mening 
o‘ylarimga, dartlari mening dartlarimga aylanib ketdi. Barkamol asar yaratish 
uchun ijodkor ko‘rgan kechirganlarini barobari bepoyon tasavvur dunyosiga ham 
ega bo‘lmog‘i zarurligini o‘shanda yanayam teranroq his qildim. Ayni chog‘da 
qunt va bilim, o‘zi yashayotgan zaminga, shu zamindagi xalqqa xalqning urf 
odatlariga cheksiz mehr – muhabbat bo‘lmog‘i ; shu xalq xursand bo‘lmog‘i 
bo‘lsa, shu zamin gullab – yashnasa astoydil yashnab barg urishi, yig‘lasa, ko‘ziga 
teepik turib yig‘lagan xotinday rmas, chin yurakdan yig‘lashi kerak yozuvchi ham?
Qahramonlarni qalb torlarini chertish “… odam” yaratish uchun esa yuksak 
badiiy mahorat nozik did ham talab qilinadi.
Qalamkash mayday epizodik voqea, hodisalar negizida yotgan chuqur ijtimoiy 
omillar, fojiallar taqdirlagan va ulardan iztiroblarini teran idrok etishi hayotning 
o‘zi ko‘ndalang qo‘ygan sinovlarni bilan anglay bilish, qahramonlari bilan birga 
nafas olishi, birga yashamog‘i zarur . mekiajiloga o‘zi yaratgan haykal tirikday 
ko‘rinib qo‘rqib ketgan. Balzak qahramoni o‘lganda infarkt bo‘lib qolgan, 
Kumushning o‘limi tasfiri paytida Qodiriy yig‘lagan, degan mish-mishlar bekorga 
emas. 
- Shu o‘rinda biz ham qo‘shimcha qilib ketadigan bo‘lsak “Adolat manzili” 
romani kulminatsion nuqtasi tuyun Burgut vafoti va bu motam tog‘u toshlarni 
larzaga soladi.
Faryod chekanida ijodkorning o‘zini ham biroz bo‘lsada motam ruhi ko‘nglini 
chulg‘aganini, go‘yo o‘z yaqin insonidan ajralgandek his qilganini inkor eta 
olmaymiz. Har bir adib kitoblariga jonini, umrini, ko‘nglidagi bor suvinchi va 
g‘amlarni to‘kib soladi. Odil Yoqubov ham “adolat manzili ” romanida o‘zi 
yaqinini yo‘qotganday iztirob chekadi. 


22 

Yüklə 325,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin