2
4-Mavzu: Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirish
yo‘llari
Reja:
1.
Geneologiya fani va uning ahamiyati
2. Sulolalar tarixi bo‘yicha manbalar va faktlar
3. Tarix darslarida sulolalar tarixini o‘qitish va tushuntirishning ahamiyati
Geneologiya fani va uning ahamiyati.
Tarix darslarini o‘qitishda sulolar
tarixi muhim o‘rin egallaydi. Fanda bu soha “Geneologiya”
deb nomlanib, turli
davrdagi davlatlarda hukmronlik qilgan sulolar, ularni kelib chiqish tarixi, o‘zaro
aloqalari, tarixiy jarayondagi o‘rni chuqur tahlili etiladi.
Geneologiya yunon tilidan olinib “avlodnoma”, “nasabnoma” ma’nolarini
anglatadi. Geneologiya fani qadimiy fanlardan biri hisoblanadi. Hamma vaqt va hamma
zamonlarda u yoki bu xonadondagi shaxsning geneologiyasi ko‘pchilikni qiziqtirgan.
Sharqda geneologiya arab tilida “shajara” deb tarjima qilingan va shu nom bilan
mashhur bo‘lgan.
Qadim zamonlardan boshlab, hamma davrlarda yuz bergan har xil
voqealar, dehqonlar va qullar qo‘zg‘oloni, islohotlar, o‘zaro urushlar va boshqa
voqealarda ham shajaralarning roli katta bo‘lgan.
Yevropa davlatlarida nikohdan oldin bo‘lg‘uvchi kelin yoki kuyov xonadoni
shajarasi albatta o‘rganilgan. Ikkala xonadonning jamiyatda
tutgan mavqei, shajaralari
qadimiy va obro‘li deb topilgandagina bu xonadonlarda nikoh bog‘lanishi mumkin edi.
Shuning uchun ham nikoh va qarindoshlik rishtalarini bog‘lashdan oldin har bir oila
o‘zining nafaqat jamiyatda tutgan o‘rnibalki shajarasini ham yana bir karra yodga
olishiga to‘g‘ri kelar edi.
Yillar o‘tishi bilan og‘zaki genealogik ma’lumotlar asta-sekin qog‘ozga
tushiriladigan bo‘ldi. XVII-XVIII asrlar G‘arbiy Yevropada geneologiya fanining
rivojlanishida “oltin asr” deb nomlanadi.
Endilikda geneologiya ilmiy jihatdan asoslanishi,
hujjatlar bilan
isbotlanishi, tanqidiy jihatdan o‘rganilishi va shunga o‘xshash bir necha talablarga
javob bermog‘i lozim edi. Bu sohani Yevropadagi rivojlanishini ko‘rib o‘tsak.
Genrix VIII (1509-1547) hukmronlik paytidan to XVII asrning oxirigacha
geroldlar tomonidan dvoryanlar va aslzodalarning geneologiyasini o‘rganish, qayta
ko‘rib chiqish, haqiqiy yoki qalbaki ekanligini aniqlash vazifasi qo‘yilgan edi.
Tekshirish natijasida ayrim geneologiyasini soxtalashtirgan dvoryan yoki
aslzodalar aniqlanib graflikning katta shaharlarida xochlarga osib qo‘yilgan. Bu
esa geneologiya naqadar muhim tarmoq bo‘lgani va hatto insonlarni taqdiriga ham
ta’sir ko‘rsata olganini ko‘rish mumkin.
3
XVIII-XIX
asrlarda
geneologiya
masalalariga
qiziqish
Belgiya,
Gollandiya, Vengriya, Polsha, Rossiya, Skandinaviya mamlakatlari va AQShda
o‘sdi. XX asrning birinchi yarmida Vena universiteti professori O.Forst de
Battalining olib borgan ishlari diqqatga sazovor va katta ahamiyatga molikdir.
Olim o‘z tadqiqotida geneologiyaning
yangi qirralarini, manbalarni o‘rganishdagi
usul va bir qancha yangi g‘oyalarni olg‘a surdi. Bu masalalar keyinchalik Fransiya,
Germaniya, Belgiya, Angliya mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, amalga tadbiq
etildi.
Tarix darslarida sulolar tarixidan foydalanish orqali o‘quvchilarga
shajaraning muhim jihatlarini aniqlash, hukmdorlar va ularning avlodlarini o‘zaro
bo‘gliqlikda o‘rganish, sulolaviy kurashlar, avlodlar o‘rtasidagi ichki nizolarni
aniqlash hamda bu o‘zaro munosabatlarni mamlakat siyosiy tarixiga ta’sirini
kuzatishda muhimdir. Shajarani turli usullar orqali o‘quvchilarga
yetkazish
mumkin.
Avlod geneologiyasini jadvallar orqali tasvirlash ham geneologiyada keng
foydalanadigan usullardan hisoblanadi. Genealogik jadvallar doirasimon, vertikal
yoki
gorizontal
ko‘rinishda
bo‘lishi
mumkin.
Jadvallar
orqali
avlod
geneologiyasini tasvirlash bir tomondan qulay bo‘lsada, ikkinchi tomondan
ko‘pgina savollarga javob bera olmasligi aniqlangan. Jadval orqali shaxsning ismi,
taxallusi, unvoni, hayot yo‘llari, nikoh miqdori va ayrim qo‘shimcha ma’lumotlar
tasvirlana oladi.
Zamonaviy geneologiya fani avlod haqida ko‘proq ma’lumot
berish
lozimligini talab qilmoqda. Tarixiy shaxslarning hayoti haqida ma’lumot, tibbiy
ma’lumotnoma hamda qaysi manbalarga tayangan holda ushbu shajara tuzilganligi
haqidagi ma’lumotnomalar juda aniq bo‘lishini talab etadi. Jadvallar esa bunday
keng ma’lumot bera olishga qodir emas.
Geneologiya fani Yordamchi tarix fanlari qatorida nafaqat oldinga
qo‘yilgan katta vazifalar bilan, balki boy manbalarga ega bo‘lmog‘i lozim.
Geneologiyada asosiy manba sifatida
avlodiy yozma hujjatlar, jadvallar, geroldlar
kollegiyasi tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan hujjatlar xizmat qiladi.
Ma’lumki, shajara yoki geneologiya – kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari
va qon-qarindoshlik aloqalari majmuidir. Uni tarix fanini o‘qitishdagi o‘rni qolgan
yordamchi fan sohalaridan kam emas.
Podshohlar, hukmdorlar, afsonaviy qahramonlarning nasl-nasabiga qiziqish
qadim zamonlardayoq bo‘lgan, lekin o‘rta asrlarda shajara imtiyozli tabaqalarning
paydo bo‘lishi va ularning avlod-ajdodlarini rasmiylashtirishga qiziqishning
kuchayishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan.
Bu o‘z navbatida XV asrdan boshlab shajara o‘rtasidagi nikoh aloqalari
haqida guvohlik beruvchilarning paydo bo‘lishga olib kelgan.
Shu davrlardan