Va kategoriyalar”



Yüklə 120,65 Kb.
səhifə6/14
tarix10.04.2023
ölçüsü120,65 Kb.
#95494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar(1)

Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlarini anglatadigan falsafiy tushuncha bo‘lib, taraqqiyotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez
o‘tadiganjarayondir.
Sakrash miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishda uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrash narsava hodisalarning uzluksiz rivojlanish davomidatayyorlanib, shu uzluksiz rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo‘lishi bilan zaruriy ravishda yuz beradi. Sakrash birdaniga, to‘satdan bo‘ladigan holatgina emas, balki yangi sifat elementlari ko‘payishi orqali
yuzberadigantadrijiyjarayon hamdir.
Sakrashning turlari o‘z harakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo‘lib, ular bir- birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o‘ziga xos tomoni shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni o‘rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amalga oshadi. Bunday sakrashlarni ikki turga bo‘lish mumkin: birinchisi — portlash yo‘li bilan bo‘ladigan sakrashlar, ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy yo‘l bilan bo‘ladigan sakrashlar. Birinchi tur sakrashlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda narsa va hodisalarning yangi sifatga o‘tishi nihoyatda tezlik bilan yuz beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni boshlab yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining asta-sekin yo‘qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin to‘planishi natijasida yangi sifat paydo
bo‘ladi.
Shunday qilib sakrash quyidagijihatlarga ega:
- birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan ob'ektivva qonuniy
jarayondir;
- ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor o‘zgarishlaridan tub sifat
o‘zgarishlariga o‘tishidir;
- uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning vujudga
kelishitufayli paydo bo‘ladiganziddiyatlarnihal qilishdir;
- to‘rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab borishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa, hodisa o‘zining aniq
inkor qilishusuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir bo‘ladiganjarayonlardan iborat. Borliqning hamma sohasida doimo eski,umritugayotgannarsava hodisalarning barham topishi, yanginarsava hodisalarning vujudga kelishjarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb
ataladi.
O‘zgarish va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish tamoyili nihoyatda muhim. Bunda vorislik - eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonuniningmohiyatini bildiradi.
Mazkur qonunga muvofiq ob'ektiv voqyelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro‘y beradi. Biroq, aksariyat hollarda,
eskilik butunligichainkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi.

Yüklə 120,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin