Va kategoriyalar”



Yüklə 120,65 Kb.
səhifə9/14
tarix10.04.2023
ölçüsü120,65 Kb.
#95494
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar(1)

Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik - olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa - hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo‘lishidir. Alohidalik va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo‘lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki
birligining namoyon bo‘lish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o‘tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning individual xususiyatlariniumumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyotimunosabatlariga o‘tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo‘lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga xos bo‘lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo‘llash
bozor strategiyasiva taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashgayordam beradi.
Alohidalik yoki, ba'zi falsafiy adabiyotlarda ko‘rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo‘lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha kilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat
muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg‘unlikka ega bo‘lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Hyegel, alohidalikni voqyealarning zaruriy shakli,
makon vazamondagitafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu haqda
«Osiyosentrizm» va «evropatsentrizm» to‘g‘risida eslashkifoya).
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik mavjud bo‘lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo‘lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy
sababalardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqyelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko‘ra, har qanday sistema o‘z tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo‘la olmaydi. Shunday qilib,
alohidalikvoqyelikrivojlanishining xilma-xil shakllarinivujudgakeltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan to‘laqonli bo‘lishini ta'minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Ya'ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil yo‘nalishlarga asos bo‘lgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bo‘lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi
manfaatlaridan kelib chiqqan bo‘lib,umumiy taraqqiyot darajasigamos keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya'ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog‘lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog‘lanish munosabatlarinijarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni - umumiylik, qismni yoki elementni - alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o‘xshashlik bo‘lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy jihatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo‘lib, uning samaradorligini ta'minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko‘ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishningbosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib
qaralishikerak.

Yüklə 120,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin