Va kategoriyalar”



Yüklə 120,65 Kb.
səhifə13/14
tarix10.04.2023
ölçüsü120,65 Kb.
#95494
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar(1)

Zaruriyat va tasodif. Ob'ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat - narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta'minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif
esa - zaruriyatning namoyon bo‘lish shaklidir.
Shu nuqtai nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatdan kelib chiqadi hamda ob'ektiv sabablar tizimiga asoslanadi. Masalan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi tarixiy obe'ktiv zaruriyatdir, uning «o‘zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret namoyon bo‘lishidir. Bunda tasodif «sub'ektivlashtirilgan» jarayon sifatida ko‘zga tashlansa ham, ob'ektiv hodisadir. Chunki, O‘zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor
munosabatlariga o‘tishning xarakterini belgilabberadi.
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning ob'ektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, doimiy o‘zgarib turadi. Zaruriyatlarning tasodiflar tarzida namoyon bo‘lishi, o‘z navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat maqomiga ega bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, zaruriyat va tasodif
o‘rtasidagi bog‘lanishlar sabab-oqibat munosabatlarixarakterigamos keladi.
Zaruriyat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan sub'ekt ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, ob'ektiv qonuniyxarakteri inkor etilmoqda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hyech qanday imperiyaning abadiy bo‘lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni
ko‘rib turibmiz.
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, boglanishi shundaki, ular bir-birisiz mavjud bo‘la
olmaydi, ya'ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy
adabiyotlarda tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi
qarashlar g‘ayriilmiydir.

Yüklə 120,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin