«Mohiyatvahodisa» kategoriyasini olib ko‘raylik. Mohiyat-o‘zida alohidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa, ularning bog‘lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik, umumiylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o‘rganish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, sub'ekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko‘ra, asosiy va asosiy bo‘lmagan, nisbatan barqaror yoki o‘zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida o‘rnini
almashtirib turishlarini e'tiborga olishzarur.
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson ehtiyojlarini qondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, jamiyat ustqurmasining siyosiy elementi bo‘lgan davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat hududida yashayotgan kishilarning muayyan hayot sharoitlarini ta'minlashdan iborat bo‘lib, uning mohiyatini tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va
ehtiyojlariga, sivilizatsiyakelajagiga bog‘lab tahlil qilgandagina,u ahamiyatga egabo‘ladi.
Narsa va hodisalarni bilish hamda o‘zgartirishga inson muayyan ehtiyojlar asosida yondoshadi. Bu yondoshish sub'ektiv harakterga ega bo‘lib, uning konkret ehtiyojlari va manfaatlarinuqtainazaridan baholanadi. Masalan, chanqagan kishi uchun suv uning chanqog‘ini qondirish, fizik uchun-agregat holati, elektr tokini o‘tkazishi yoki optik xususiyatlari, ximik uchun, uning N2O kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-tegirmon parragini aylantirish
xususiyatlari asosiy mohiyathisoblanadi.
Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida bog‘lanishlari makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan ajralib turadi. Mohiyat va hodisa o‘z xususiyatlariga ko‘ra sistema, struktura va elementlarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun har qanday
hodisaniva mohiyatnitahlil qilishda aniq tamoyillarga asoslanish lozim.