CAD tizimi ishchi hujjatida buyruqlarning yozilishi CAD tizimida buyruqlarni yozish tilda qog‘ozda bajariladigan matematik hisoblarning andozaviy tiliga juda yaqindir, bu esa masalalarni qo‘yish va yechishni sezilarli soddalashtiradi. Natijada matematik masalalarni yechishning asosiy aspektlari ularni dasturlashdan algoritmik va matematik bayonlashga suriladi. CAD da xuddi inson bajarganidek hisoblashlar qat’iy aniqlangan tartibda, ya’ni chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga qarab bajariladi. Bloklarni to‘g‘ri bajarish – hujjatlarni qayta ishlashda tizimning to‘g‘ri ishlashi asosidir. Tizimda xatoning belgisi to‘g‘ri to‘rtburchakka qamrab olingan suzuvchi yozuv ko‘rinishiga ega. Konstantalarning qo‘llanish turlari MathCAD tizimida ma’lumotlar turini quyidagilari ko‘zda tutilgan: 1. Butun (2, -54,+43) 2. Kasr (1.3,-2.23) 3. Kompleks (2.5+7i). Bu holda shuni ko‘zda tutish lozimki, ko‘rinishidagi “yolg’on birni yozishda paneldagi “Calculus” maxsus tugmachasidan foydalanish kerak. 4. Qatorli. Odatda bu “yig‘indini hisoblash” ko‘rinishidagi sharhi. 5. Tizimli. Bu turdagi konstanta misol tariqasida ε yoki π qiymatlarini ko‘rsatish mumkin. Kirgizma funksiyalarni qo‘llash MathCAD tizimida ko‘pgina kirgizma funksiyalar mavjud. Xato, kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun funksiyaning nomini klaviaturadan kirgizmaslik tavsiya etiladi. Ko‘p ishlatiladigan sin, cos, tg, ln va boshqalarni Calculator instrumentlar panelidan foydalangan holda berish mumkin. Boshqa funksiyalarni Insert yoki f(x) buyruqlari bilan kiritish lozim bo‘ladi. Buyruq taqdim etadigan darchada foydalanuvchi funksiyaning toifasini belgilash, uning yozilish namunasi bilan tanishish, so‘ngra kerakli tanlovni aniqlashtirish mumkin. Mana shulardan so‘ng tizim foydalanuvchiga zaruriy parametrlarni yozish lozim bo‘lgan shablonni taqdim etadi. Funksiya xususiyati qiymatni qaytarishdir, ya’ni unga yuzlanilganda u o‘zining qiymatini qaytaradi.