O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro
tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki. O‘zbekistonning xalqaro ter
rorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi
faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro siyosatning
asosiy subyektlariga davlatlar tomonidan tuzilgan xalqarosiyosiy
yoki harbiysiyosiy tashkilotlar ham kiradi. Ular qatoriga Bir
lashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Janubisharqiy Osiyo dav
latlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Yevropa Ittifoqi, Arab mam
lakatlari ligasi (AML), Amerika davlatlari tashkiloti (ADT),
141
Afrika birligi tashkiloti (ABT), Yevropada xavfsizlik va hamkor
lik tashkiloti (YeXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH),
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT), Islom Hamkorlik Tash
kiloti (IHT) kabi bir qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qa
bul qilingan eks tremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratil
gan shartnoma larni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Zero,
O‘zbekiston Respublikasining ushbu shartnomalarda qatnashishi
uning ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomidir.
Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid
siyosiyhuquqiy hujjatlar nafaqat BMT doirasida, balki Musta
qil Davlatlar Hamdo‘stligi, YeXHT, Shanxay hamkorlik tashkilo
ti kabi tuzilmalar a’zolari bo‘lgan davlatlar o‘rtasida ham im
zolangan. MDH a’zolari tomonidan 1999yilning 4iyunida
imzolangan «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi shartnoma»
O‘zbekiston MDHdagi aksilterror markazi ishida ham faol qatna
shayotganidan dalolat beradi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan 2001yil 15iyunda
«Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash» Konven
siyasi qabul qilindi. Mazkur konvensiya nisbatan qisqa muddatda
tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston par
lamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston ekstremistik
guruhlarga qarshi kurashda mazkur konvensiyaning 1moddasi
da «ekstremizm» tushunchasiga berilgan ta’rif va undan kelib chi
qadigan me’yorlarni asos qilib olganini alohida ta’kidlash o‘rinli.
2002yil 7iyunda Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari
o‘rtasida imzolangan kelishuv va boshqa hujjatlarda terrorizm,
separatizm va ekstremizmning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka,
davlatlararo do‘stona munosabatlarga hamda insonning aso
siy
huquq va erkinliklarini ta’minlashga xavf solayotganligi, shu ning
uchun barcha tinchliksevar kuchlarning unga qarshi kurashda
hamkorlik qilishi zarur ekanligi qayd etilgan.
2004yil iyunida Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent
da bo‘lib o‘tgan Sammitida xavfsizlikka tahdidlar masalasida ya
gona yondashuv va qarash, yuqori malakali mutaxassislar tayyor
142
lash, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar
o‘rtasida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro miq
yosdagi yetakchi aksilterror markazlari (BMT, Interpol, ASEAN)
bilan konstruktiv hamkorlik qilish Mintaqaviy aksilterror tuzil
masining faoliyatidagi o‘ziga xos prinsipial jihatlar ekanligi yana
bir bor qayd etildi. Shuningdek, Mintaqaviy aksilterror tuzilma
si terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmning barcha ko‘rinish
lari hamda xalqaro jinoiy faoliyatni moliyaviy ta’minlab turgan
narkotrafikka qarshi izchil kurashish borasida mintaqa mam
lakatlariga ko‘maklashishi zarur.
Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida «uch yovuz
kuch», ya’ni «terrorchilik», «ayirmachilik» (separatizm) va
«ekstremizm»
ga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish
alohida o‘rin tutadi. 2004yil 1yanvaridan boshlab, Toshkent
da ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yurit
moqda. Bu tuzilma faoliyati tufayli 2005yilning o‘zida ko‘plab
sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldi
olinganligi ma’lum.
Xususan, 2005yilning iyul oyida tashkilotning Shanxay
shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida unga a’zo davlatlar rahbarlari
tomonidan bir qator hujjatlar imzolandi. Xalqaro axborot xavf
sizligi to‘g‘risidagi bayonot; terrorchilik, separatizm va ekstre
mizmga qarshi kurash bo‘yicha 2007–2009yillarga mo‘ljallangan
hamkorlik dasturiga doir qaror; ShHT mamlakatlari hududida
qo‘shma aksilterror mashqlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi bi
tim; a’zo davlatlar hududiga terrorchilik, ayirmachilik va eks
tremistik faoliyatga aloqador kishilar kirib kelishini aniqlash va
bunday yo‘llarni to‘sib qo‘yish borasidagi hamkorlik to‘g‘risida
gi bitim shular jumlasidandir. Bundan tashqari ShHT doirasida
2020yilgacha bo‘lgan davrda savdoiqtisodiy hamkorlikni ko‘zda
tutuvchi dastur qabul qilingan. Shuningdek, ShHTga a’zo mam
lakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari, jumladan ich
ki ishlar organlarining terrorchilik, separatizm, ekstremizmga va
143
giyohvandlikka qarshi birgalikda harakat qilishi, bu borada o‘za
ro axborot almashishi yaxshi samara bermoqda.
Shuning bilan birga, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga
1994yildan a’zo bo‘lgan. Mazkur tashkilotning maqsadi musul
monlar birdamligini mustahkamlashga ko‘maklashish, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ilmiy sohalarda hamkorlik qilish
dan iborat. Shuningdek, irqiy kamsitishlarga, kolonializmning
barcha shakllariga chek qo‘yish, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni
ta’minlashga oqilona yondashish, tashkilotga a’zo mamlakatlar
orasida va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro kelishuv, hamkorlikni
rag‘batlantirish IHT faoliyatida muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekistonning yuqorida qayd etib o‘tilgan mintaqaviy tash
kilotlar ishidagi faol ishtiroki, tashabbuslari va takliflari glo bal
xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekistonning tut
gan o‘rni muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Jumladan,
2010yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining «Mingyil
lik rivojla nish maqsadlari» bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisida
Bi rinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutq so‘zladi. Unda terro
rizm, ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikka qarshi birgalik
da kura shish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish
mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu xalqaro tashkilotlar bi
lan samarali hamkorlik kelgusida ham O‘zbekiston tashqi siyosa
tining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolaveradi.
«Biz xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlangan o‘z yo‘limiz-
da qat’iymiz: ya’ni O‘zbekiston aqidaparastlikning – u xoh diniy,
xoh kommunistik shaklda bo‘lsin – har qanday ko‘rinishlariga qar-
shimiz».
Islom Karimov
Dostları ilə paylaş: |