3
KIRISh
«Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviyma’ri
fiy asoslari» fani bo‘yicha ushbu o‘quv qo‘llan ma O‘zXIA «Din
shunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rga nish YUNES KO» kafed
rasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u bakalavriat talabalarining
zaruriy tayyorgarlik darajasi va bilimlari mazmuniga qo‘yiladigan
talablar asosida tayyorlangan.
Mazkur mavzu bo‘yicha talabalarga jahondagi din va qonun
masalalarining umumiy tavsifi,
klassifikatsiyalari, vujudga ke lish tari
xi, tuzilishi, maqsad va vazifalari, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lu
motlar beriladi. Shuningdek, xalqaro diniy tashkilotlar ning umumiy
tavsifi, klassifikatsiyalari,
vujudga kelish tarixi, tuzilishi, maqsad va
vazifalari, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar beriladi.
Yurtimizda ijtimoiyma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda
milliydiniy qadriyatlarning ahamiyati katta. Xalqimiz diniy, ilmiy,
ma’naviyma’rifiy va madaniy bilimlarini oshirish, ayniqsa, yoshla
rimizni buyuk ajdodlarimiz merosidan bahramand bo‘lishi, islom
dinining insonparvarlik falsafasi va ezgu g‘oyalari
yoshlar qalbidan
joy olishi uchun mamlakat ta’lim tizimi sohasida ko‘plab ishlar olib
borilmoqda. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar, uni jadallashtirish omi
li bo‘lmish fanning turli sohalari jumladan, davrni, zamonni falsafiy
mushohada qilishning ham tubdan yangila nishini taqozo qilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda «Ekstremizm va terrorizmga qarshi
kurashning ma’naviyma’rifiy asoslari» fani ham shu maqsadlarga
qaratilgan faoliyatlardan biri bo‘lib,
unda fanning mavzusi, muam
molari, obyekti, vazifalari, uning jamiyatdagi o‘rni ilmiynaza riy va
uslubiy jihatdan tadqiq qilinadi hamda yoshlar ongida diniy mutaas
siblik, ekstremizm ning salbiy oqibatlari haqida atroflicha bilim va
ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Ta’kidlash lozimki, yoshlar ma’naviy olamini yuksaltirish, ular
ni ona Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hur
mat ruhida tarbiyalash asosida har tomonlama barkamol avlodni
voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Shu maqsadda,
davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yurtimiz
da doimo alohida e’tibor qaratilgan. Darhaqiqat, bugungi kunda
4
dunyo hamjamiyatida mafkuraviy poligonlarning yoshlar tarbiyasi
ga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri har bir mamlakat, davlat, xalq oldida
turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki har qan
day jami yat kelajak poydevori sifatida o‘z siyosatida yosh avlod tar
biyasini yetakchi o‘ringa qo‘yishi tabiiy hol. Globallashuv degan
da, eng avvalo ko‘z oldimizda rivojlanish,
taraqqiyot gavdalanishiga
qaramay, bunday sharoitda o‘sib kelayotgan barkamol avlod ongi
ni turli xil yot g‘oya va mafkurafiy xuruj lardan saqlash muammo
si ham muhim vazifalardan sanaladi. Ushbu masalalarga to‘xtalib,
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov «Bun
day g‘araz li kuchlarning aso siy niyati – hali hayotiy tajribasi, si
yosiyijtimoiy savi yasi yetarli bo‘lmagan, sodda va g‘o‘r yoshlarni
yo‘ldan urish, o‘zining qabih niyatlari yo‘lida foydalanish ekanini
hech qachon unut
masligimiz kerak. Faqatgina mustaqil fikrlay
digan, iymone’tiqodi mustahkam, otabobolarimizdan meros bo‘lib
kelayotgan ezgu qadriyatlarga sadoqatli bo‘lgan
insongina bunday
qutqularga uchmasligi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi mumkin. Bu
ning uchun, albatta, bi rinchi navbatda farzandlarimizni yuksak bi
lim va ma’naviy fazilatlar bilan qurollantirishimiz lozim. Ularga
biz uchun muqad das bo‘lgan islom dinining chinakam insoniy mo
hiyatini, uning tinchlik, yaxshilik, mehrshafqat, hamjihatlik dini
ekanini to‘g‘ri tushuntirib berishimiz kerak. Bizga yot va begona
bo‘lgan turli zararli oqimlardan himoyalanish uchun odamlarga bu
boradagi bor haqiqatni yetkazish zarur. Ta‘bir joiz bo‘lsa, bunday
xavf xatarlardan odamlarni,
avvalambor, yosh avlodni haqiqat bilan
himoya qilish kerak»
1
, deya alohida ta’kidlaganlar.
G‘oyalar kurashi avj olayotgan XXI asrda dunyoda tinchlik va
barqarorlikni ta’minlash yo‘lida hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab
muammolar yuzaga kelayotgani, kishilarning osuda hayo tini izdan
chiqarishga qaratilgan yangi shakldagi tahdidlarning paydo bo‘la
yotgani va buning natijasida buzg‘unchi g‘oyalar maf kura maydonini
qurshab olayotgani barchamizdan ogohlik va hushyorl ikni talab et
1
Dostları ilə paylaş: