13
li xalqaro ijtimoiysiyosiy akssado beradigan buzg‘unchi siyosiy
harakatlarni ifodalash uchun ham ishlatiladi.
Terrorchilik harakatlarining:
— xalqaro huquq himoyasidagi obyekt yoki subyektlarga qar
shi qaratilgani;
— davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi;
— a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jum
ladan, yollanma shaxslar bo‘lgan ekstremistik guruhlar tomo
nidan sodir etilishi;
— ekstremistik guruhlar tarkibida qo‘poruvchilik harakatlari
bo‘yicha xorijlik yo‘riqchilarning qatnashishi;
— ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida
tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko‘rishi;
— tayyorgarlik ko‘rish va qo‘poruvchilikni sodir etishda xorijiy
davlatlar va ekstremistik
uyushmalar yordamidan, xalqaro tus ol
gan noqonuniy qurolyarog‘ savdosi va narkobiznesdan keladigan
moliyaviy manbalardan foydalanilishi, uning xalqaro terrorchilik
xuruji ekanini ko‘rsatuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi.
Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xuru
jida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo‘lishi, unga xalqa
ro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos choralar
ko‘rilishiga olib keladi.
Qayd etish lozimki, terror OAV tarqatayotgan ma’lumotlardan
keng foydalanadi. Bunday ma’lumotlar terrorning hukumatni va
jamiyatni o‘zi istaganini qildirishida foydalanadigan eng asosiy omi-
lidir. Bu kabi ma’lumotlar terrorizmga o‘zi tanlagan odamlarini ista-
gan o‘rinlarga qo‘yishga ko‘plab imkoniyatlar yaratib beradi. Ter-
rorchilar sodir etadigan har bir akt, terrorning umumiy faoliyatidagi
har bir kichik to‘qnashuv ham ular ko‘rsatgan sabablariga e’tiborni
tortish uchundir. Hech qanday demokratiya terror bilan murosa qi-
la olmaydi. Boisi terrorizm demokratiyaning har qanday zulmni,
o‘z vaqtida, muhokama qilish, tinch va murosaga tayangan holda
to‘g‘rilash mumkin degan qarashlarini mutlaqo inkor etadi. Qotil-
lik va vayronagarchiliklar orqali terroristlar oshkora qo‘rqitadilar va