19
657yil (37hijriy)da Shomning (Suriya) shimolisharqida joy
lashgan Siffin mavzesida xalifa Ali (r.a.) qo‘shini bilan u yer
ning hokimi Muoviya (r.a.) qo‘shini o‘rtasida «Jamal voqeasi»dan
bir oy o‘tib, to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Ushbu to‘qnashuvga 656
yil uchinchi xalifa Usmonning (r.a.) o‘ldirilishi munosabati bilan
Ali (r.a.) va Muoviya (r.a.) tarafdorlari o‘rtasidagi keskin qara
maqarshiliklar sabab bo‘ldi. Marhum xalifaning yaqin qarin
doshi bo‘lgan Muoviya (r.a.) xalifalik taxtini egallagan Ali (r.a.)
dan aybdor jinoyatchilarni
jazolashni talab qilib, shundan so‘ng
gina Ali (r.a.)ga bay’at qilishni ma’lum qildi. Jang to‘qqiz kun
davom etdi. Ali (r.a.)ning qo‘li baland kelib turganda, Muoviya
(r.a.) tarafdorlari xiyla ishlatdilar. Ular Amr ibn Oss (r.a.) ko‘rsat
masi bilan katta nayzalar uchiga yangi ko‘chirilgan Mushaf varaq
larini ilib, Qur’on bilan hukm chiqarishni talab qildilar. Muoviya
(r.a.)ning janjalni sulh orqali hal qilish haqidagi taklifini Ali (r.a.)
qabul qilgach, jang to‘xtatildi. Ali va Muoviya (r.a.)lar o‘rtasi
da hijriy 37yil safar oyining 15kuni (mil. 657yil 8sentyabr)da
sulh tuzildi. Mazkur «Siffin» jangi musulmonlar uchun juda kat
ta yo‘qotish bo‘ldi. Unda hammasi bo‘lib to‘qson ming musul
mon halok bo‘ldi. Aynan «Jamal» va «Siffin» janglari musulmon
lar o‘rtasida dastlabki bo‘linishlar va turli
firqalar kelib chiqishiga
sabab bo‘ldi.
Ahli sunna valjamoa e’tiqodiga ko‘ra, sahobiylar orasida yuz
bergan bu
vaziyatlarda ular ayblanmay, ularning bari haqni izla
gan mujtahidlar hisoblanadilar. Umumiy qoidaga asoslanib, ular
dan qaysi birlari to‘g‘ri ijtihod qilgan bo‘lsalar
ikki ajr, xato ijti
hod qilgan tarafga esa bir ajr beriladi.
Dostları ilə paylaş: